21:15 / 18.09.2018
4 423

Hashamatli toʻylar oilada ajrashish ehtimolini oshirishi aniqlandi

Hashamatli toʻylar oilada ajrashish ehtimolini oshirishi aniqlandi
Toʻy marosimlarining hashamati borgan sari oshib, ularni oʻtkazish kundan-kunga qimmatlashib borayotgan bir zamonda olimlar qimmatbaho toʻy marosimlarining oilaviy baxt va uning davomli boʻlishiga qanday aloqasi borligini oʻrganishga qaror qilishdi.

Buning uchun iqtisod professori Endryu Frensis-Tan (Singapur milliy universiteti) va Hugo Mialon (Emori universiteti) tomonidan 1500 ga yaqin oila, yaʼni 3000 ga yaqin erkak-ayollar ishtirokida tadqiqot oʻtkazildi.

Tadqiqotga koʻra, yosh oilalar nikoh uzugi va qimmatbaho marosimlarga sarflaydigan pullar nikoh davomiyligi bilan teskari mutanosib ekaniligi maʼlum boʻldi.

Xususan, toʻy marosimi uchun $1000 dan kam pul sarflagan oilalarda ajrashish ehtimoli juda kamligi, aksincha marosimga katta miqdordagi mablagʻni sarflagan oilalarda bu koʻrsatkich oʻta balandligi aniqlandi.

Tadqiqotda shuningdek, nikoh davomiyligiga taʼsir oʻtkazuvchi yana bir omil borligi maʼlum boʻldi. “Nikoh qurish qarorida qarshi tomonning tashqi koʻrinishi muhim deb hisoblagan juftliklarda oilaviy hayot uzoqqa bormasligini aniqladik”, deydi professor Mialon “Independent” nashriga bergan intervyusida.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Hashamatli toʻylar oilada ajrashish ehtimolini oshirishi aniqlandi