23:10 / 18.09.2018
4 856

Fargʻonada “neft oʻgʻrisi” qoʻlga olindi

Fargʻonada “neft oʻgʻrisi” qoʻlga olindi
Foto: Davlat bojxona qoʻmitasi axborot xizmati
Odatda bojxonachilar benzin, dizel kabi tayyor yoqilgʻi mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga doir koʻplab qonunbuzarliklarni fosh qilishgan. Ammo, Fargʻonada bu gal aniqlangan holat esa ochigʻi amaliyotda kamdan kam kuzatilgan, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qoʻmitasi axborot xizmati.

Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro N.X. boshqaruvida boʻlgan “Kobalt” rusumli avtomashina Fargʻona shahar hududida toʻxtatilib, koʻzdan kechirilganda, avtomashina salonida polietilen qoplarga joylangan 710 litr neft mahsuloti ortilganligi aniqlangan.

Odatda neft murakkab texnologiyalar asosida zavodlarda qayta ishlanadi. Ammo, neftning noqonuniy aylanmasi fosh etilishiga qaraganda, “uddaburon”lar endi uni qoʻlbola sexlarda qayta ishlashga kirishgan koʻrinishadi. Bundan-da muhimi, ular bu xom ashyoni qayerdan olishgan?

Bu savollarga ushbu holat yuzasidan davom ettirilayotgan tekshiruvlar davomida javob topiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fargʻonada “neft oʻgʻrisi” qoʻlga olindi