14:45 / 19.09.2018
4 863

Toshkentda soxta ichki ishlar xodimlari qoʻlga olindi (video)

Toshkentda soxta ichki ishlar xodimlari qoʻlga olindi (video)
Fuqarolar Bekzod Adilbekov va Anvarxoʻja Shoisayev moddiy manfaat ilinjida ichki ishlar organi xodimining xizmat kiyimini kiyib, firibgarlikka qoʻl urdi. Bu haqda “Toshkent” telekanalidagi “Poytaxt vaziyat” dasturida maʼlum qilindi.

Ular oson pul topish maqsadida joriy yilning 28 fevral kuni soat 16:30larda Toshkent shahar Mirobod tumani hududidagi “Bolajon” istirohat bogʻiga kelishadi va shu yerda sayr qilib yurgan Hakimov hamda Yusupovaning oldiga borib, ularni soʻroqqa tutadilar. Maqsad - poʻpisa qilish orqali pul ishlab olish boʻlgan. Aynan shuning uchun jamoat joyida behayo harakatlarni sodir etganlikda ayblab, bu haqda ular yashaydigan mahallada muhokama qilmaslik evaziga pul talab qilishadi.

Jabrlanganlarning arizasiga koʻra oʻtkazilgan Ichki ishlar vazirligi hamda Toshkent shahar IIBB Oʻz xavfsizligi boshqarmasi xodimlarining tezkor tadbirlari oʻtkazildi. Natijada Adilbekov va Shoisayevlar 80 ming soʻm miqdordagi pul mablagʻini olgan vaqtida ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda soxta ichki ishlar xodimlari qoʻlga olindi (video)