18:08 / 19.09.2018
4 559

Sobiq xodim firibgarlikka qoʻl urgani aniqlandi

Sobiq xodim firibgarlikka qoʻl urgani aniqlandi
Majburiy ijro byuroning Samarqand shahar boʻlimi tomonidan fuqaro A.Axmedovning arizasi boʻyicha tekshiruv oʻtkazildi.

Tekshirishlarda “Samarqandshahargaz” sobiq xodimi A.Q. “Xoʻjaqishloq” mahallasida yashovchi fuqaro A.Axmedovni aldab uning ishonchiga kirib, xonadoniga tabiiy gaz hisoblagich oʻrnatish, xonadon gaz loyihasini tuzish va hisoblagichni markazlashgan bazaga kiritib berish evaziga 600.000 soʻm pullarni firibgarlik yoʻli bilan olib oʻzining extiyojlari uchun ishlatib yuborganligi maʼlum boʻldi.

Firibgarlikka qoʻl urgan A.Q.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-modda 1-qism bilan ayb eʼlon qilinib, hujjatlar prokuraturaga yuborilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sobiq xodim firibgarlikka qoʻl urgani aniqlandi