13:43 / 20.09.2018
5 635

Yoʻldoshbek qori Nuriddinov Madinadagi xalqaro Qurʼon musobaqasida ishtirok etadi

Yoʻldoshbek qori Nuriddinov Madinadagi xalqaro Qurʼon musobaqasida ishtirok etadi
Avvalroq xabar qilganimizdek, shu yilning oktyabr oyida Madina shahridagi Masjidun Nabaviyda Qurʼon hifzi, tilovati va tafsiri yoʻnalishlarida xalqaro musobaqa boʻlib oʻtadi. Unda 82 davlatdan 115 kishi ishtirok etadi.

[leech=https://azon.uz/content/views/yuldoshbek-qori-nuri... [/leech]manbasi bergan maʼlumotlarga koʻra, ushbu musobaqada yurtimiz sharafini “Oʻzbekiston Qurʼon musobaqasi-2018”ning “Oliy mukofot” sohibi, Toshkent islom instituti 4-kurs talabasi Yoʻldoshbek qori Nuriddinov himoya qiladi. Qori yurtdoshimizning ilmiga Allohdan baraka soʻrab qolamiz.

Eslatib oʻtamiz, ushbu musobaqa Muhammad sollallohu alayhi va sallamning masjidlarida 40 yildan beri ilk bor oʻtkazilmoqda.

Saudiya rasmiy OAV bergan maʼlumotga koʻra, Qurʼon hifzi, tilovati va tafsiri yoʻnalishlari boʻyicha qirol Abdul Aziz tanlovi 26 muharramda (6 oktyabr) boshlanib, safar oyining birinchi kunigacha (11 oktyabr) davom etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yoʻldoshbek qori Nuriddinov Madinadagi xalqaro Qurʼon musobaqasida ishtirok etadi