13:13 / 21.09.2018
4 153

Respublika boʻyicha atigi 28 nafar notarius imtihondan “besh”ga oʻtdi

Respublika boʻyicha atigi 28 nafar notarius imtihondan “besh”ga oʻtdi
Aholining eng koʻp ishi tushadigan tizimlardan biri notariat sohasidir. Tizimda xizmat koʻrsatish tizimini yaxshilash uchun notariuslarga xalq tomonidan berilayotgan baho alohida eʼtiborda. Qolaversa, ular faoliyatini baholashning maxsus tizimi ham ishga tushirilgan.
Aholidan notariuslar faoliyati bilan bogʻliq tushayotgan shikoyatlarni oʻrganish asnosida oʻtkazilgan oʻrganishlarda koʻp hollarda keltirilayotgan vajlar oʻz tasdigʻini topmoqda. Keyingi paytda bu amaliyot tufayli 27 nafar notariusga nisbatan tegishli intizomiy jazo choralari qoʻllanildi.

Adliya vazirligi tomonidan davlat notarial idoralari notariuslarining ish faoliyati sifatini baholash tizimi ham yoʻlga qoʻyildi. Bu jarayonda esa sifatli xizmat koʻrsatayotgan hamda ishlari talab darajasida tashkil etilmayotgan xodimlar aniqlandi.

– Notariuslar faoliyati sifatini baholashda qonuniylik, begʻarazlik, xolislik, adolatlilik va shaffoflik prinsiplariga asoslanildi, – deydi Adliya vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi boshligʻi Sevara Oʻrinboyeva. – Sifatni baholashda notarius tomonidan rasmiylashtirilgan notarial harakatlar soni va sifati, aholiga xizmat koʻrsatishda qulaylik va tezkorlik taʼminlanganligi, faoliyatidagi yutuqlar va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar koʻlami, kasbiy vazifalarini bajarish darajasi hamda sohani rivojlantirishdagi faolligi hisobga olindi.

Respublika boʻyicha 651 nafar notariusdan 28 nafarining ish faoliyati “aʼlo”, 268 nafariniki “yaxshi”, 278 nafariniki “qoniqarli” va 77 nafariniki esa "qoniqarsiz” deb baholandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Respublika boʻyicha atigi 28 nafar notarius imtihondan “besh”ga oʻtdi