20:13 / 21.09.2018
5 160

Toshkentlik erkak internet orqali tanishgan maʼshuqasining erini oʻldirdi

Toshkentlik erkak internet orqali tanishgan maʼshuqasining erini oʻldirdi
Toshkentda 1986 yilda tugʻilgan Xolidbek Mahkamov (ism-familiyalar oʻzgartirilgan) Mohira ismli qiz bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali tanishib qolgach, turli mavzularda maroq bilan gaplashadigan boʻldi, deb yozmoqda Hordiq.uz nashri.

Erkak ham, ayol ham oilasini unutdi. Tanishib olganlaridan keyin tez-tez uchrashib turadigan boʻldi. Bu uchrashuvlar oxir-oqibat ularni xiyonat qilishga undadi.

Xolidbek Mohiraga eridan ajrashish talabini qoʻya boshlaydi. U xotinidan voz kechishini, oʻzi unga uylanishini aytdi. Ammo Mohira jazmanining talabiga koʻnmadi. Eri bilan ajrashishdan bosh tortdi.
Xolidbek esa qarorida qatʼiy turib oldi. Mohiraga yetishishning turli yoʻllarini qidira boshladi. Shunda oʻz jazmaniga erishish yoʻlida uning erini oradan olib tashlashga qaror qildi.

Mohiraning turmush oʻrtogʻi shifokor edi. Xolidbek sherigi bilan Mohiraning erini kasal koʻrib qoʻyish bahonasida oldindan tayyorlab qoʻyilgan uyga chaqiradi. Ichkariga kirgach, urib-tepib, oyoq-qoʻlini bogʻlab qoʻyadi. Salkam uch kun hatto suv ham bermay, shu tarzda majburan tutqunlikda saqlab, keyin boʻgʻib oʻldiradi.

Qotillar uning plastik kartochkasi, uyali telefon apparatlari, bir necha soʻm puli, jami 11 million 805 ming soʻmlik shaxsiy buyumlarini oʻzlashtirib oladi. Fuqarolik pasportini yoqib yuboradi. Oʻzini esa yana bir tanishlarining avtomashinasiga ortib, daryo boʻyida qazilgan chuqurga koʻmib yuboradi.

Xolidbek va uning hamtovogʻi tomonidan amalga oshirilgan xunrezlik huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan fosh etildi.

Sud tomonidan ikki qotil uzoq yillik muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Avtomashinasi bilan jinoyatga sherik boʻlgan uchinchi shaxsga ham tegishli jazo tayinlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentlik erkak internet orqali tanishgan maʼshuqasining erini oʻldirdi