08:30 / 23.09.2018
11 678

Toshkentda aktrisani vahshiylarcha oʻldirib, jasadini kanalga tashlagan qotillarga sud hukmi oʻqildi (video)

Toshkentda aktrisani vahshiylarcha oʻldirib, jasadini kanalga tashlagan qotillarga sud hukmi oʻqildi (video)
Foto: “Uz24.uz”
Toshkentda aktrisani qasddan oʻldirib, jasadini kanalga oqizib yuborgan qotillarga qamoq jazosi tayinlandi. “Bir jinoyat izidan” koʻrsatuvining navbatdagi sonida mazkur vahshiyona qotillik tafsilotlari maʼlum qilindi.

2018 yilning 6 yanvar kuni Yunusobod tuman IIBga Ahmadqulova Nodira jiyani Sultonova Nilufar shu yilning 2 yanvar kuni taxminan soat 12.00 da uyidan oʻzining “Spark” rusumli mashinasida chiqib ketib, bedarak yoʻqolgani haqida ariza bilan murojaat qiladi. Nilufar Sultonovaning kasbi aktrisa boʻlib, qator serial va kliplarda turli rollarni ijro etgan.

Tekshiruv-surishtiruv ishlariga koʻra, Nilufar oxirgi marta Turgʻunboyev Poʻlatjon bilan uchrashgani aniqlanadi.

Aniqlanishicha, 2 yanvar kuni taxminan soat 16.00 atrofida Poʻlat Nilufar bilan uchrashadi. Unga doʻsti Bobur Umarovni Gʻazalkentdagi uyiga olib borib kelishini aytib, Nilufarni ham oʻzlari bilan olib ketishadi. Ular Poʻlatning “Epika” mashinasida Toshkent viloyati tomon yoʻl olishadi.

Poʻlat mashinani Toshkent — Gʻazalkent yoʻlida ovloq bir joyda toʻxtadi. Orqada oʻtirgan Bobur Nilufarning boʻyniga sirtmoq solmoqchi boʻlganida buni sezib qolgan qiz mashinadan tushib qochishga urinadi. Uni yana zoʻrlab mashinaga oʻtqizishadi. Qarshilik qilgan Nilufarning oʻng qoʻl bilak sohasiga pichoq sanchadi.

Nilufar oshiq yigiti Poʻlatga iltijoli boqib undan yordam soʻraydi. Oʻzini hech narsadan xabari yoʻqday koʻrsatgan Poʻlat qizni shifoxonaga olib borishga vaʼda beradi.

Qon oqishi natijasida holsizlanib borayotgan Nilufarning boʻyniga orqa oʻrindiqda oʻtirgan Bobur yana sirtmoq soladi. Ojiz qolgan qiz unga qarshilik qilolmay qoladi. Oshigʻi Poʻlat esa uning qoʻlini ushlab turadi.

Soʻngra ikki jinoiy sherik murdani mashinaning orqa bagajiga solib, Nilufarning “Spark” mashinasi qoldirilgan joyga qaytib kelishadi. Murdani “Epika”dan olib “Spark”ning orqa bagajiga solishadi. Soʻngra mashinani Poʻlatning uyiga haydab ketishadi.

Oʻsha kuni soat 23:30 larda Nilufarning murdasini Toshkent viloyatidan oqib oʻtuvchi “Damariq” kanaliga oqizib yuborishadi.

Jinoyat vaqtida ishlatilgan pichoq va arqonni hamda boshqa ashyoviy dalillarni ham kanalga tashlab yuboradi.

12 yanvar kuni Toshkent viloyatining Toshkent tumani Koʻksaroy hududidan oqib oʻtuvchi “Damariq” kanalidan Nilufarning murdasi topiladi.

Nilufar Sultonovaning “oshigʻi” uning mol-mulkini oʻzlashtirish maqsadida sherigi bilan til biriktirib, qizni oʻldirgan.

Jinoyatchilarga nisbatan Toshkent viloyati Jinoyat sudida hukm oʻqildi. Unga koʻra Turgʻunboyev Poʻlatjonga JKning 97-moddasi 2-qismi “v”, “i”, “b” bandlari bilan 19 yil muddatga, 164-modda 3-qismi “g” bandi bilan 14 yil muddatga, 227-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan 2 yil muddatga hamda 59-modda “Qisman tayinlovga jazo qoʻshish” yoʻli bilan 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Umarov Boburga nisbatan JKning 97-moddasi 2-qismi “v”, “i”, “b” bandlari bilan 17 yil muddatga, 164-modda 3-qismi “g” bandi bilan 12 yil muddatga, 227-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan 2 yil muddatga hamda 59-modda “Qisman tayinlovga jazo qoʻshish” yoʻli bilan 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda aktrisani vahshiylarcha oʻldirib, jasadini kanalga tashlagan qotillarga sud hukmi oʻqildi (video)