13:34 / 23.09.2018
7 187

Yuqori kurslarda taʼlim olayotgan talabalar oʻqishni sirtqiga oʻtkazishi mumkin

Yuqori kurslarda taʼlim olayotgan talabalar oʻqishni sirtqiga oʻtkazishi mumkin
Oʻzbekistonda ikkinchi oliy taʼlim boʻyicha bakalavriatning kunduzgi taʼlim shaklida yuqori kurslarda taʼlim olayotgan talabalarga oʻqishni sirtqi taʼlim shakliga oʻtkazishga ruxsat berildi. Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi matbuot xizmati maʼlum qildi.

Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 2018 yilda 17 sentyabrdagi 9-sonli bayoniga muvofiq oliy taʼlim muassasalari hamda fuqarolarning koʻplab murojaatlarini inobatga olingan holda ikkinchi oliy taʼlim boʻyicha bakalavriatning kunduzgi taʼlim shaklida 3- va 4-kurslarda taʼlim olayotgan talabalarning oʻqishini ularning arizalariga koʻra sirtqi taʼlim shakliga oʻtkazishga ruxsat berildi.

Bunda:

Filologiya va tillarni oʻqitish (xorijiy tillar boʻyicha, shu jumladan, rus tili), xorijiy til va adabiyoti (tillar boʻyicha), ona tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti oʻzga tilli guruhlarda) taʼlim yoʻnalishlari, shuningdek, tibbiyot oliy taʼlim muassasalari istisno ekanligi;

Oliy taʼlim muassasasi boʻyicha har bir taʼlim yoʻnalishi kesimida (taʼlim tili) ariza topshirganlar soni 7 nafardan kam boʻlgan holda talabalar sirtqi taʼlim shakliga oʻtkazish, aks holda rad etish belgilandi.

Kunduzgi taʼlim shaklidan sirtqi taʼlim shakliga oʻtkazilgan talabalar uchun toʻlov-kontrakt miqdori 2018/2019-oʻquv yilida ikkinchi mutaxassislikka qabul qilingan talabalar uchun bir xil etib belgilanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yuqori kurslarda taʼlim olayotgan talabalar oʻqishni sirtqiga oʻtkazishi mumkin