15:33 / 24.09.2018
5 068

Tojikiston Oʻzbekiston bilan munosabatlarning yaxshilanishi tufayli nimadan voz kechgani aytildi

Tojikiston Oʻzbekiston bilan munosabatlarning yaxshilanishi tufayli nimadan voz kechgani aytildi

“Oʻzbekiston bilan munosabatlarning yaxshilanishi Dushanbeni Turkmanistondan Tojikistonga temir yoʻlni Afgʻoniston shimoli orqali qurish gʻoyasidan «vaqtinchalik voz kechishga” majburladi», - deya aytib oʻtdi Tojikistonning Oʻzbekistondagi elchisi Sodiq Imomiy Ashurboyzoda “Kommersantʼ” bilan suhbatda.

Toshkentda 20 sentyabr kuni “Markaziy Osiyo xalqaro transport yoʻlaklari tizimida” konferensiyasi boʻlib oʻtdi, unda Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokchilarga Shavkat Mirziyoyevning murojaatini oʻqib eshittirdi. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qoʻshni mamlakatlar bilan transport aloqalarini mustahkamlash, shuningdek, Yevroosiyo logistik xaritasini oʻzgartiruvchi bir nechta yangi temir yoʻllari qurishni rejalashtirmoqda. Hozir ushbu mintaqada tashuvchilar vaqtning 40%gacha yoʻqotishga majbur boʻlmoqda. Shu sababdan ham bunga bogʻliq xarajatlar tufayli narxlar oshmoqda, deyiladi maqolada.

Gurbanguli Berdimuhamedov, Imomali Rahmon hamda Hamid Karzay oʻrtasida Turkmaniston-Afgʻoniston-Tojikiston (TAT) transafgʻon yoʻlagini barpo etish boʻyicha uch tomonlama muzokaralar va qurilish loyihasi boʻyicha memorandumni imzolash 2013 yil boshida boʻlib oʻtdi. 2016 yilning noyabrida Turkmaniston yoʻlning oʻz uchastkasi qurilishini yakunlab, uni Afgʻoniston bilan chegaragacha olib bordi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tojikiston Oʻzbekiston bilan munosabatlarning yaxshilanishi tufayli nimadan voz kechgani aytildi