06:30 / 26.09.2018
4 613

Departamentning tuman boʻlimi boshligʻiga oylik “dolya” taklif qilgan bozor direktori ushlandi

Departamentning tuman boʻlimi boshligʻiga oylik “dolya” taklif qilgan bozor direktori ushlandi

Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan Yashnobod tuman prokuraturasi bilan hamkorlikda Departamentning Yashnobod tuman boʻlimi boshligʻi R.E.ning bildirgisiga asosan tezkor tadbir oʻtkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda “Aviasozlar dehqon bozori” AJ direktori N.E. bozor hududida sotiladigan goʻsht mahsulotlarini haqiqiy miqdorini va bozorning kunlik patta tushum pullarini hisobini nazorat qilib bormaslik evaziga boʻlimi boshligʻi R.E.ga har oyda 1500 AQSH dollari “pora” berishni taklif qilib, shundan 550 AQSH dollarini bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan “Aviasozlar dehqon bozori” AJ direktori N.E.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qoʻllash masalasi koʻrilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Departamentning tuman boʻlimi boshligʻiga oylik “dolya” taklif qilgan bozor direktori ushlandi