23:00 / 26.09.2018
5 285

Toshkent koʻchalarida tungi paytda ham radarlar ishlamoqda (video)

Toshkent koʻchalarida tungi paytda ham radarlar ishlamoqda (video)
Toshkent koʻchalarida tungi paytda ham radarlar ishlashi yoʻlga qoʻyildi. Bu haqda Sputnik nashri Toshkent IIBB xodimi maʼlumotiga asosan xabar qildi.

Internetda mobil radar ishlashi haqida video lavha joylashtirildi.

“Kechadan boshlab tungi paytda mobil radarlar ishlashi yoʻlga qoʻyildi. Bir kechaning oʻzida Amir Temur koʻchasida 232 ta tezlikni oshirish holati aniqlandi. 7 sentyabrdan boshlab radarlar tezlikni meʼyoridan oshirish boʻyicha sal kam 16 ming holatni qayd etdi”, - deb maʼlum qildi Toshkent IIBB xodimi.

Ichki ishlar tizimi xodimining soʻzlariga koʻra, yoʻl qoidalarini buzgan haydovchilarga pochta orqali ogohlantirish xatlari keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent koʻchalarida tungi paytda ham radarlar ishlamoqda (video)