23:45 / 26.09.2018
7 207

Oliy oʻquv yurti talabasi fohishaxona tashkil qilgani aniqlandi

Oliy oʻquv yurti talabasi fohishaxona tashkil qilgani aniqlandi
Buxoro shahar IIB xodimlari tomonidan Buxoro shahri I.Moʻminov koʻchasida yashovchi, 1994 yilda tugʻilgan, Muhandislik texnologiya instituti talabasi Shirinov Husanboy Hamid oʻgʻli tekin boylik orttirish maqsadida oʻz uyida fohishaxona tashkil qilgan. Bu haqda Buxoro viloyati IIB xabar qildi.

U Romitan tumanida yashovchi 18 yoshli Sh.T. va Gʻijduvon tumanida yashovchi 24 yoshli B.N.lar uchun alohida joy va sharoit yaratib beradi.

Buning evaziga Sh.Tdan 60.000 soʻm miqdoridagi naqd pullarni olib, fohishaxona tashkil qilish jinoyatini sodir qilganligi aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan Shirinov Husanboy Hamid oʻgʻliga nisbatan JKning 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oliy oʻquv yurti talabasi fohishaxona tashkil qilgani aniqlandi