13:28 / 27.09.2018
5 152

Toshkentda toʻy korteji avtomobillari jarimaga tortildi

Toshkentda toʻy korteji avtomobillari jarimaga tortildi
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi poytaxt koʻchalaridan birida toʻy kortejini jarimaga tortdi. Bu haqda IIBB xabarida aytiladi.

“25 sentyabr kuni taxminan 15:00 da Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli koʻchasida YPX inspektori tomonidan kortej tarkibida harakatlanayotgan va yoʻlda avariyali vaziyatni yuzaga keltirayotgan Mercedes-Benz rusumidagi uchta avtomobil toʻxtatildi”, — deyiladi xabarda.

Haydovchilarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy kodeksining 129-moddasi (“Transport vositalari haydovchilarining yoʻl harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi guruh boʻlib harakat qilishda qatnashishi”)ga muvofiq, choralar koʻrildi.

“Shunga aniqlik kiritmoqchimizki, YPX inspektorlari kortejda kelin-kuyov boʻlgan holatda qoidabuzarlikni faqat qayd etib qoʻyadi, qoidabuzarlik haqida bayonnoma tuzish uchun esa haydovchilarni ertasi kuni chaqiradi”, — deya taʼkidlanadi xabarda.

Manba: daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda toʻy korteji avtomobillari jarimaga tortildi