22:03 / 27.09.2018
6 623

Toshkentda 12 kunlik chaqaloqni sotayotgan ona va dallol qoʻlga olindi (video)

Toshkentda 12 kunlik chaqaloqni sotayotgan ona va dallol qoʻlga olindi (video)
Toshkent shahrida yangi tugʻilgan chaqaloqni sotib yubormoqchi boʻlganlar qoʻlga olindi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, Zuxra homilador boʻlib qolganini bilgandan keyin qoʻrqqanidan oʻz uyiga ham bormay qoʻyadi. Biroq oyni etak bilan yopib boʻlmaydi... Ona qizi bilan boʻlgan voqeadan xabar topadi. Ular qanday boʻlmasin homiladan voz kechish choralarini izlay boshlaydilar. Homiladorlik ham tugʻruq davriga yaqinlashib qolgan edi. Bu orada Abduqodirov degan shaxsga roʻbaroʻ kelgan ona-bola endi uning tavsiyasiga koʻra ish tutishga majbur boʻlishadi. Yaratganning bebaho inʼomi boʻlmish chaqaloqqa narx belgilab, moʻmay daromadga ega boʻlish payiga tushadilar.

Kelishuv boʻyicha 12 kunlik chaqaloq poytaxtga olib kelinadi. Rejaga koʻra bola kun yarmidan oʻtganda Yashnobod tumanida joylashgan avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchasi oldiga olib kelinishi lozim edi. Ammo olib borilgan tezkor harakatlar davomida odam sotib foyda koʻrmoqchi boʻlgan dallolning bu galgi rejasi amalga oshmay qoladi.

“Sofiya singari chaqaloqlarning yigʻisini, kulgularini eshitishni orzu qilib yashayotgan oilalardan 462 tasi bugun Toshkent shahridagi bolalar uyidan farzand asrab olish uchun navbatda turibdi. Farzand qadrini ana shulardan soʻrang”, - deydi bolalar uyi shifokori

Yurtimizda har bir bola davlat himoyasida. Jajji Sofiyaning taqdiri ham bugun ishonchli qoʻllarga topshirildi.

Odam savdosi ishtirokchilarining keyingi taqdirini esa sud hal qiladi.

Mazkur holat boʻyicha tasvirga olingan videolavhani quyidagi havola orqali koʻrishingiz mumkin: VIDЕO

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 12 kunlik chaqaloqni sotayotgan ona va dallol qoʻlga olindi (video)