12:10 / 28.09.2018
8 315

Islom Karimov oʻz onasi haqida (video)

Islom Karimov oʻz onasi haqida (video)
Foto: Facebook/Karimov Fondi
Islom Karimovning onasi Sanobar Karimova (1902-1982) sakkiz nafar farzandni dunyoga keltirib, oʻz hayotini ularning tarbiyasiga bagʻishlagan, deyiladi Karimov fondining Facebookʻdagi sahifasida.

«Yurtimizning birinchi Prezidenti hamisha onalarini katta mehr bilan yodga olardilar.

Ayniqsa, oyilarining ovqat pishirishlari, xamir qorib, yoyishlari koʻzlari oldidan tez-tez oʻtishini koʻp takrorlar edilar.

Islom Abdugʻaniyevich bolalik chogʻlari oyilari bozorga borganlarida yoki qarindoshlari holidan xabar olganlarida hamisha ularga hamrohlik qilishlarini aytib oʻtganlar.

U kishi oʻz onalari nihoyatda dono va zakovatli ayol boʻlganlarini soʻzlab berardilar.

Oʻgʻillari Toshkentdan Samarqandga ulardan xabar olgani kelganlarida, Sanobar aya yurtimiz va dunyoda sodir boʻlayotgan hodisalardan hamisha qiziqib soʻrar ekanlar», - deyiladi Karimov fondining Facebookʻdagi sahifasida.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Islom Karimov qayerda dam olishni xush koʻrgani aytilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Islom Karimov oʻz onasi haqida (video)