12:21 / 28.09.2018
4 281

Taniqli huquq himoyachisi Oʻzbekistonga qaytib keldi

Taniqli huquq himoyachisi Oʻzbekistonga qaytib keldi
Taniqli huquq himoyachisi Tolib Yoqubov 12 yildan keyin Oʻzbekistonga qaytib keldi, deya xabar bermoqda “Kun” nashri.

78 yoshli huquq himoyachisi Fransiyada 12 yil yashaganidan soʻng vataniga qaytdi. Toshkent aeroportida Yoqubovni yaqinlari va hamkasblari kutib oldi.

Huquq himoyachisining soʻzlariga koʻra, u Oʻzbekiston rasmiylari tomonidan hech qanday muammolarga duch kelmagan.

Yoqubovning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozishicha, 2014 yilda Fransiyadan siyosiy boshpana olgan va Oʻzbekiston fuqaroligidan mahrum qilingan.

Endi huquq himoyachisi Oʻzbekiston vizasini oldi va vataniga kelishga muvaffaq boʻldi.

Eslatib oʻtamiz, Yoqubov muqaddam Oʻzbekiston hukumatini koʻp bora tanqid qilib chiqqan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Taniqli huquq himoyachisi Oʻzbekistonga qaytib keldi