16:22 / 28.09.2018
5 525

Toshkentdagi “Qoʻyliq” bozori yonida avtobus yonib ketdi (video)

Toshkentdagi “Qoʻyliq” bozori yonida avtobus yonib ketdi (video)
Biroz avval ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi Qoʻyliq dehqon bozori yonida avtobusda yongʻin chiqqan haqidagi xabar tarqalgan edi.

Voqea tafsilotlari haqida “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati vakillari tushuntirish berdi.

4-avtobus saroyiga qarashli “Qoʻyliq-Boshliq” oraligʻida qatnovchi 45-yoʻnalishdagi avtobus avtoshohbekatda turganda qisqa tutashuv yuz bergan. Atrofni tutun qoplagan. Jabrlanganlar yoʻq. Shunday boʻlsa-da, aholining va yoʻlovchilarni xavfsizligini taʼminlash uchun oʻt oʻchirish xizmatiga murojaat qilingan.

Hozirda qisqa tutashuv sabablari oʻrganilmoqda. Mazkur voqea haqida haydovchi tomonidan olingan videolavhani ushbu havola orqali koʻrishingiz mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdagi “Qoʻyliq” bozori yonida avtobus yonib ketdi (video)