08:31 / 29.09.2018
6 108

Oʻzbekistonlik 123 yoshli onaxon Ginnessning rekordlar kitobiga kiritilishi mumkin (foto)

Oʻzbekistonlik 123 yoshli onaxon Ginnessning rekordlar kitobiga kiritilishi mumkin (foto)
Fargʻona viloyatining Buvayda tumanida yashovchi Huvaydo Umarova dunyodagi eng keksa ayol sifatida Ginnessning rekordlar kitobiga kirishga nomzod boʻlib turibdi.

Huvaydo onaning oʻgʻli Toʻraqul Umarovning aytishicha, ayni paytda ular jahon rekordi qayd etilishi uchun kerakli barcha hujjatlarni tayyorlashyapti.

Toʻraqul Umarov onasining salomatligi aʼlo darajada ekanini taʼkidlagan.

Maʼlum qilinishicha, uzoq umr koʻrish bu oilaning qonida bor.

Eslatib oʻtamiz, dunyodagi eng keksa ayol — 117 yoshli Tiye Miyako shu yilning iyul oyida vafot etgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oʻzbekistonlik 123 yoshli onaxon Ginnessning rekordlar kitobiga kiritilishi mumkin (foto)