10:26 / 29.09.2018
4 908

Namanganda hokim oʻrinbosari pora bilan qoʻlga olindi (video)

Namanganda hokim oʻrinbosari pora bilan qoʻlga olindi (video)
Namangan viloyatining Chust tumanida yashovchi fuqaro bogʻdorchilik fermer xoʻjaligi tashkil etish uchun 5,3 gektar yer maydoni olish maqsadida tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sharofiddin Yusupjonovga murojaat qilgan. Bu haqda “Oʻzbekiston 24” telekanalidagi lavhada xabar berildi.

Qayd etilishicha, hokim oʻrinbosari buning evaziga 2 ming AQSH dollari miqdorida pul talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati Namangan viloyat boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir natijasida Sharofiddin Yusupjonov kelishilgan 2 ming AQSH dollaridan 1800 dollarni olayotgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Sharofiddin Yusupjonovga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jinoyat kodeksining 210-moddasi - Pora olish. Pora olish, yaʼni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mansabdor shaxsining oʻz xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni pora berayotgan shaxsning manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga shaxsan oʻzi yoki vositachi orqali qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoxud mulkiy manfaatdor boʻlishi, — eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etilgan holda ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Pora olish: a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 211 yoki 212-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan; b) koʻp miqdorda; v) tamagirlik yoʻli bilan; g) bir guruh mansabdor shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Pora olish: a) juda koʻp miqdorda; b) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda hokim oʻrinbosari pora bilan qoʻlga olindi (video)