13:37 / 29.09.2018
6 079

Surxondaryodagi fojia. Bosh prokuratura yangi tafsilotlarni maʼlum qildi

Surxondaryodagi fojia. Bosh prokuratura yangi tafsilotlarni maʼlum qildi
Surxondaryoda 11 yoshli qizcha zoʻrlanib, oʻldirilgani haqida xabar berilgandi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati Kun.uzʻga ushbu hodisa boʻyicha yangi tafsilotlarni maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, 2018 yil 25 sentyabr kuni soat 21:30larda Uzun tumani, “Malandiyon” mahallasida yashovchi fuqaro T.A. tomonidan yashash uyi yertoʻlasidan T.A.ning voyaga yetmagan qizi Sh.A.ning jasadi tan jarohatlari bilan topilgan.

Jinoyatni fosh etishga qaratilgan tezkor-tergov harakatlari davomida aniqlanishicha, fuqaro A.X. 2018 yil 25 sentyabr kuni qarindoshining uyida taʼmirlash ishlarini ertalab taxminan 08:00larda boshlab, shu kuni soat 13:00larda birga ishlayotgan ikki nafar sheriklari bilan tushlik qilib, bir shisha aroq ichib, shundan soʻng soat 14:50lar chamasida qarindoshi F.Sh.ning qoʻshnisi T.A.ning yashash uyiga borib, uning qizi Sh.A. bilan uyining yertoʻlasida qizning qarshiligiga qaramasdan jinsiy aloqada boʻlib, nomusiga tegib, soʻng qasddan boʻgʻib oʻldirgan.

Mazkur holat yuzasidan 2018 yil 26 sentyabr kuni JKning 97-moddasi 2-qismi “v, z” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari Surxondaryo viloyat prokuraturasi oʻta ogʻir jinoyatlarni tergov qilish boʻlimi tomonidan olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryodagi fojia. Bosh prokuratura yangi tafsilotlarni maʼlum qildi