19:38 / 29.09.2018
7 096

Mahalla raisi uxlab yotgan odamni oʻldirib, murdasini daryoga oqizib yubordi (video)

Mahalla raisi uxlab yotgan odamni oʻldirib, murdasini daryoga oqizib yubordi (video)
Samarqand shahar IIBga 2017 yil 17 iyul kuni Samarqand shahar Uchquduq mahallasi hududidan oqib oʻtuvchi Dargʻom kanalidan shaxsi nomaʼlum erkak kishining jasadi topilgani haqida xabar qilishdi. Zudlik bilan tergov-surishtiruv guruhi voqea joyiga yetib bordi. Sud tibbiy-ekspertizasi tayinlandi, deb yozmoqda “Kun” nashri.

35-40 yoshlardagi shaxsi nomaʼlum erkak murdasi chirish holatdaligi va suvda koʻp qolib ketganligi aniqlangan. Uning tanasi, peshona, chap qosh, ensa, tepa sohalari ezilgan, kalla-suyak sohalari singan. Oʻlim sababi deya boshiga berilgan jiddiy zarbalar tasdiqlandi.

Huquq-tartibot idoralarining kuch va vositalari ushbu jinoyatni ochishga safarbar etildi. IIB xodimlari, avvalo, marhumning shaxsini aniqlash, soʻngra uning oʻlimi sabablarini surishtirishga kirishdi. Ushbu jarayon davom etayotgan paytda Samarqand shahrida egasiz qoldirib ketilgan avtomashina topildi. Bu mudhish jinoyat kalavasining uchini topishga yordam berdi. 30 T 265 VA raqamli “Neksiya“ Urgut tumanidagi Beshkon mahallasida yashovchi Dilmurod Bobomurodovga tegishli ekani va u aynan Dargʻom kanalidan topilgan marhum ekani maʼlum boʻldi.

Tezkor qidiruv va surishtiruv ishlaridan jinoyat tafsilotlari va bu mudhish qotillikka qoʻl urgan shaxslar aniqlandi. Voqea mashina topilgan Samarqand shahrida emas, Urgut tumanining Taroqli mahallasida sodir boʻlgan ekan.

“Taroqli“ mahalla fuqarolar yigʻini raisi O.Odilov shu mahallada yashovchi L.Doʻsanovadan 2015 yilda 1000 dollar miqdorida qarz oladi. Ammo qarzni vaqtida qaytara olmaydi. Kunlarning birida L.Doʻsanova mahalla raisiga qoʻngʻiroq qilib, fuqaro D.Bobomurodov uni doimiy ravishda haqoratlab, xoʻrlab kelayotganini aytadi. Shundan soʻng ikkovlon D.Bobomurodovdan oʻch olishni rejalashtiradi va bu ish amalga oshsa, L.Doʻsanova mahalla raisining qarzidan voz kechishini bildiradi.

Ushbu shart O.Odilovga ham maʼqul tushadi va u L.Doʻsanovaning xonadonida D.Bobomurodovning mastligidan foydalanib, uning boshiga bolta bilan urib, oʻldiradi. Jinoiy sheriklar – O.Odilov va L.Doʻsanova jinoyat izini yashirish va muqarrar jazodan qutulib qolish maqsadida D.Bobomurodovning jasadini koʻrpacha va gilamga oʻragan holda marhumga tegishli boʻlgan “Neksiya“ning yukxonasiga ortadi. Soʻngra jasadni Tayloq tumanining Davlatobod qishlogʻidan oqib oʻtuvchi Dargʻom kanaliga tashlab yuboradi. Ertasi kuni esa mashinani Samarqand shahriga olib borib, oʻsha yerda qoldirib kelishadi.

2017 yilning iyul oyi boshlarida sodir boʻlgan mazkur jinoyat uning ijrochilari oʻylaganidek izsiz ketmadi.

Jinoyat ishlari boʻyicha Samarqand viloyat sudining hukmiga koʻra L. Doʻsanova va O. Odilov turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mahalla raisi uxlab yotgan odamni oʻldirib, murdasini daryoga oqizib yubordi (video)