12:34 / 30.09.2018
4 275

IIBB 45-avtobusning yonib ketgani toʻgʻrisida xabar qildi

IIBB 45-avtobusning yonib ketgani toʻgʻrisida xabar qildi
Juma kuni ertalab Mirobod tumani Fargʻona yoʻli koʻchasidagi “Qoʻylik ota” bekati yaqinida 45-yoʻnalishda harakatlanuvchi Mersedes Benz Conecto LF avtobusi yonib ketdi, deya xabar qildi Toshkent IIBB matbuot xizmati.

Avtobus 4- avtobus saroyiga tegishli boʻlib, “Qoʻyliq-2” mavzusi-Boshliq mavzesi yoʻnalishida harakat qilayotgan boʻlgan.

IIBB YOXB Kuch va vositalarni boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga yongʻin toʻgʻrisidagi xabar 7:58 da kelib tushdi. Yongʻinga avtotransport vositasi yonilgʻi tizimidagi nosozlik sabab boʻlgani taxmin qilinmoqda.

Yongʻin oʻt oʻchirish xizmati xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Yongʻin natijasida avtobusning motor boʻlmasi yongan. Qurbonlar va jabrlanganlar yoʻq.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » IIBB 45-avtobusning yonib ketgani toʻgʻrisida xabar qildi