19:37 / 30.09.2018
3 803

Xitoylik sayyohlarning Oʻzbekistonga boʻlgan qiziqishi keskin oshmoqda

Xitoylik sayyohlarning Oʻzbekistonga boʻlgan qiziqishi keskin oshmoqda
Soʻnggi yillarda xitoylik sayyohlarning Oʻzbekistonga boʻlgan qiziqishining keskin ortmoqda. Toshkent shahrida boʻlib oʻtishi kutilayotgan Toshkent Xalqaro Turizm yarmarkasida (TXTYA) ilk marta Xitoy Xalq Respublikasi ham qatnashishi buning isbotidir.

3 oktyabrda “Oʻzekspomarkaz”da start beriluvchi 2018 yilgi TXTYAda Xitoy delegatsiyasining ishtirok etishi ushbu koʻrgazmaning jahon sahnidagi oʻrni tobora oshib borayotgani va turistik sohada tizimli ravishda madaniy, ijtimoiy va iqtisodiy tajriba almashuvi uchun jiddiy maydonga aylanib borayotganidan dalolatdir. Xitoyda ham Oʻzbekistonga boʻlgan qiziqishning keskin ortishi kuzatilmoqda.

Taʼkidlash joizki, E-visa tizimi yoʻlga qoʻyilganidan boshlab to bugunga qadar 2400 dan ziyod Xitoy fuqarosi Oʻzbekistonga kirish imkonini beruvchi elektron vizani qoʻlga kiritgan.

Bundan tashqari, yozda Xitoyning 80 million aholiga ega boʻlgan Yansszu provinsiyasi delegatsiyasi Oʻzbekistonda boʻldi, CCTV kanalida Oʻzbekistonning turistik salohiyatiga doir video 150 milliondan ortiq xitoylik tomonidan koʻrilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xitoylik sayyohlarning Oʻzbekistonga boʻlgan qiziqishi keskin oshmoqda