19:00 / 01.10.2018
4 543

Yashnobod tumanida 2 ta uy yonib ketdi (foto)

Yashnobod tumanida 2 ta uy yonib ketdi (foto)
30 sentyabr kuni Toshkentda ikki uyda yongʻin yuz berdi, deb xabar bermoqda IIBB matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, yongʻin Yashnobod tumani “Tabibiy” koʻchasidagi 11-xonadonda yuz bergan va yongʻin qoʻshni 13-uyga ham oʻtgan. Voqea joyiga 7 daqiqa ichida yetib kelgan oʻt oʻchiruvchilar tomonidan soat 12:30 da yongʻin butunlay oʻchirildi.

Voqea natijasida umumiy hisobda 200kv m. maydon yonib ketgan, jabrlanganlar yoʻq.

Yongʻin kelib chiqishiga yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya etilmagani sabab boʻlgan, deb taxmin qilinmoqda.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yashnobod tumanida 2 ta uy yonib ketdi (foto)