21:40 / 01.10.2018
4 969

Alisher Usmonov Oʻzbekistondagi biznes loyihalari, xayr-saxovat va “Paxtakor” haqida (video)

Alisher Usmonov Oʻzbekistondagi biznes loyihalari, xayr-saxovat va “Paxtakor” haqida (video)
Rossiyalik biznesmen, USM Holdings xoldingi asoschisi Alisher Usmonov “Rossiya 1” telekanaliga bergan intervyusida Oʻzbekistondagi loyihalarga kiritayotgan investitsiyalari haqida soʻz yuritdi.

“Biznesda faqat yordam beraman. Men egasi, aksioneri boʻlgan kompaniyalar kooperatsiyaga bor kuchi bilan yordam berishadi. Buni Oʻzbekistndagi metallurgiya zavodi misolida koʻrishimiz mumkin. Biz uchun u xomashyo sotiladigan bozor, kombinat uchun uchun esa raqobatbardosh metallar yaratish uchun ajoyib sifatli xomashyo”, – dedi u.

Usmonovning soʻzlariga koʻra, “Metalloinvest” kompaniyasi ikki-uch yildan buyon kombinatga oʻz mahsulotlarini yetkazib beryapti.

“Anchagina katta hajmda, yiliga qariyb yuz million dollarlik briketlangan qaynoq temir yetkazib bermoqdamiz”, – dedi biznesmen.

Bundan tashqari, Alisher Usmonov oʻzbek futboliga befarq emasligini bildirdi.

“Bu yerga doʻstlarimning maslahati bilan keldim, eng birinchi sevimli klubim boʻlgan “Paxtakor”ga yordam beraman. Men bu klubni qaytadan tiklashga kirishishni istaganlarga darhaqiqat yordam beraman”, – dedi u.

Uning klub aksioneri boʻlishga tayyorligi haqidagi savolga Usmonov "agar buni aytadigan boʻlsam, uni sotishni istayotganlar qimmatroq narx aytishlari mumkin”, deya hazil bilan javob qaytardi.

Uning aksionerlar tarkibiga kirishi borasida muzokaralar olib borilayotganligi yoki yoʻqligi haqida berilgan savolga esa biznesmen aniq qilib “yoʻq, lekin hozircha takliflar olyapman”, dedi.

Alisher Usmonov klubning yangi stadioni qurilishi uchun 20 million dollar ajratganini bildirdi.

Usmonov shuningdek, Oʻzbekistonda madaniy loyihalar boʻyicha ham ish olib borayotganini maʼlum qildi.

“Biz Oʻzbekistonda islom tarixiy merosini tiklash boʻyicha katta investitsion reja tuzganmiz. Xususan, masjidlar, birinchi navbatda esa Islom svilizatsiya qurilishi borasida”, – dedi u.
Алишер Усмонов "Россия 1" каналига интервью берди

Алишер Усмонов "Россия 1" каналига интервью берди

Опубликовано Kun.uz Понедельник, 1 октября 2018 г.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Alisher Usmonov Oʻzbekistondagi biznes loyihalari, xayr-saxovat va “Paxtakor” haqida (video)