13:08 / 02.10.2018
6 857

Qoʻlga olingan deputat nega pora talab qilganini aytdi (video)

Qoʻlga olingan deputat nega pora talab qilganini aytdi (video)
Joriy yilning 22 sentyabr kuni Xalq deputatlari Namangan viloyat kengashi deputati Olimjon Toʻxtanazarov Chust shahri markazida arizachidan 500 AQSH dollarini olgan vaqtda, ashyoviy dalil bilan ushlangandi.

“Oʻzbekiston 24” telekanalining maxsus reportajida deputat nega pora talab qilganini aytib oʻtdi.

“Bu ayolning ishonchiga kirib turib, oʻsha pulni olib, oʻzimning oilaviy ehtiyojimga ishlatmoqchi edim. Chin koʻngildan pushaymonman”, - dedi deputat.

Mazkur holat yuzasidan O.Toʻxtanazarovga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “v” bandi, 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olimjon Toʻxtanazarov Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi, Xalq deputatlari Namangan viloyat kengashi deputati, OʻzMTRK tarkibidagi kanallardan birida rejissyor boʻlib ishlagan. Ushbu deputat ijtimoiy tarmoqlarda faol boʻlib, jamiyat hayotidagi muammolar boʻyicha, xususan, korrupsiya masalasida oʻzining fikrlarini bildirib kelardi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qoʻlga olingan deputat nega pora talab qilganini aytdi (video)