11:25 / 03.10.2018
6 234

Soliq xizmati organlarida yangi tizim joriy etiladi

Soliq xizmati organlarida yangi tizim joriy etiladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Davlat soliq qoʻmitasining “Davlat soliq xizmati organlarida soliqqa oid huquqbuzarlik xavfini tahlil etish tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan Davlat soliq xizmati organlarida soliqqa oid huquqbuzarlik xavfini tahlil etish tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlanishi mumkin.

Nizomga asosan soliqqa oid huquqbuzarlik xavfini tahlil etish tizimi davlat soliq xizmati organlarida amaliyotga joriy etilgan “Tahlika-tahlil” dasturiy mahsuloti asosida tadbirkorlik subyektlarini avtomatik tarzda inson omili aralashmagan holda tahlil qilish orqali amalga oshiriladi.

Dasturiy mahsulot xavfni tahlil etish tizimini davlat soliq idoralaridagi mavjud ichki va Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining 2012 yil 30 oktyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati idoralari axborot-kommunikatsiya tizimi faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1843-son qaroriga asosan vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan tashqi maʼlumotlarga hamda veb saytlari va ijtimoiy tarmoqlardan olingan axborotlarga asosan quyidagi yoʻnalishlarda:

a) tadbirkorlik subyektlarining shaxsiy kartochkalarida soliq qarzdorligi mavjudligini;
b) soliq toʻlovchi yuridik shaxslar tomonidan soliq majburiyatlarini bajarilishida coliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha taqdim etilgan soliq hisobotlariga muntazam ravishda qayta hisob-kitoblarning amalga oshirilganligini;
v) soliq toʻlovchilar hisobot davri mobaynida dastlab roʻyxatga olingan yuridik manzilini bir hududdan boshqa bir hududga muntazam ravishda oʻzgartirib borilganligini;
g) tadbirkorlik subyektlari tomonidan oʻzlariga tegishli boʻlmagan toʻlov terminallari bilan foydalanilganligini;
d) jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan aynan bir tadbirkorlik subyekti faoliyati toʻgʻrisida kelib tushgan murojaatlarni;
ye) boshqa yoʻnalishlarni tahlil qiladi va oʻrganib chiqadi.

Dasturiy mahsulot Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan mezonlarga asosan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini toʻliq oʻrganib chiqadi hamda yakuniy natijalarni ballik tizim orqali soliqqa oid huquqbuzarlik xavfi darajasini baholab beradi.

Dasturiy mahsulot orqali ballik tizimi tahlili tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi darajasi aniqlangan kamchiliklar summasi va holatidan kelib chiqib amalga oshiriladi.

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan dasturiy mahsulotdan shakllantirilgan ballik tizimi tahlili chorak davomida bir marotaba har chorakdan keyingi oyning 25 sanasida oʻtkaziladi. Bankdan tashqari yirik miqdordagi pul aylanmalarni amalga oshirgan tadbirkorlik subyektlarini doimiy soliqqa oid huquqbuzarlik xavfini tahlil qilish muddati bundan mustasno.

Aniqlangan holatlar yuzasidan davlat soliq xizmati organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarida soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi darajasidan kelib chiqib, tekshirish oʻtkazishni kelishish toʻgʻrisida prokuratura organlariga tashabbus bilan murojaat qilinadi.

Dasturiy mahsulot orqali ballik tizimi tahlili natijalariga koʻra soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi darajasi uch toifaga turkumlanadi:

a) soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi yuqori boʻlgan tadbirkorlik subyektlari;
b) soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi oʻrtacha boʻlgan tadbirkorlik subyektlari;
v) soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi past boʻlgan tadbirkorlik subyektlari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Soliq xizmati organlarida yangi tizim joriy etiladi