13:30 / 03.10.2018
12 715

Gulnora Karimovaning qayerda ekanligi maʼlum boʻldi

Gulnora Karimovaning qayerda ekanligi maʼlum boʻldi
Gulnora Karimova qonunda belgilangan tartibda jazo oʻtamoqda, deb xabar qilmoqda “Darakchi” nashri RIA Novostiga asosan.

Dushanba kuni, Gulnora Karimovaning qizi Imon Karimova, Toshkentdan Londonga uchib ketganidan soʻng, oʻzining instagramdagi sahifasida “Onam endi uyda” degan xabarni qoldirgani haqida xabar bergan edik.

Shundan soʻng OAV vakili Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi bilan bogʻlanib ushbu xabarga izoh berishni soʻragan.

“Gulnora Karimova qonunda belgilangan tartibda jazo oʻtamoqda”, - deb xabar qildi Oʻzbekiston Bosh Prokuraturasi vakili axborot agentligiga.

Eslatib oʻtamiz, Gulnora Karimova Oʻzbekiston 2015 yilning avgust oyida bir qator iqtisodiy jinoyatlarda ayblanib 5 yilga ozodlikni cheklash jazosiga mahkum qilingan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Gulnora Karimovaning qayerda ekanligi maʼlum boʻldi