15:15 / 03.10.2018
4 207

Alisher Usmonov: “Biz oʻzbeklar, sabr-toqatli xalqmiz, lekin qoʻrqoq emasmiz!”

Алишер Усмонов: "Биз ўзбеклар, сабр-тоқатли халқмиз, лекин қўрқоқ эмасмиз!"
Kelib chiqishi oʻzbekistonlik boʻlgan rossiyalik biznesmen yaqinda oʻzining 65 yillik yubileyini nishonladi. Usmonov bir yoʻla ikki prezident: Vladimir Putin va Shavkat Mirziyoyevdan mukofotlarni qabul qildi.

Milliarder Alisher Usmonov Toshkentga investitsiya kiritish rejalari, ishlari holati, sportga boʻlgan ishtiyoqi hamda oilasi haqida “Rossiya-1” telekanaliga aytgan fikrlaridan ayrimlarini eʼtiboringizga havola etamiz deb yozadi Sputnik.

Sport va birinchi million

Rossiyaning eng badavlat kishilaridan biri oʻzining sportga oid oʻtmishini faxr bilan esga oladi. Avvaliga ishlari u xohlagandek boʻlmagandi. Usmonovni Toshkentdagi futbol seksiyasiga koʻzoynagi tufayli qabul qilishmaydi, basketbol jamoasida ham ishlari yurishmaydi, shundan soʻng u qilichbozlik bilan shugʻullana boshlaydi.

Sportning bu yoʻnalishida boʻlajak biznesmen katta muvaffaqiyatlar qozonadi – u respublika chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kiritadi va SSSR termasi safiga qabul qilinadi.

Alisher Usmonov sportga stavka qilish bilan ham qiziqadi, ammo faqat doʻstlari bilan garov bogʻlaydi. Uning soʻzlariga koʻra, sport mavsumlarining birida u million dollar yutib olishga muvaffaq boʻlgan.

Usmonov oʻz mehnati bilan topgan birinchi million dollarni ham yaxshi eslaydi. U bu kapitalni polietilen paketlar ishlab chiqarishida topishga muvaffaq boʻlgan edi. Ammo biznesmen bu pullardan tez orada mahrum boʻladi – doʻsti ularni kazinoda yutqazib qoʻyadi.

“Bu halol va toza biznes edi, men u bilan faxrlanaman”, – deya xotirlaydi milliarder.

Hozir Alisher Burxanovich ofisga bormaydi, baʼzida kun boʻyi ishlaydi – Usmonovning taʼbiri bilan aytganda, aqliy faoliyat uning har kuni ishda boʻlishini talab etmaydi.

Sanksiyalar va gʻarbdagi biznes

Usmonovning fikricha, sanksiyalardan hech qanday naf yoki samara boʻlmaydi – ammo amerika hukumati tomonidan qabul qilingan nodoʻstona choralarga qaramay, AQSHlik hamkorlar bilan muloqot saqlanib qolgan.

Shu bilan birga, “megofon” aktivlari haqidagi yangiliklar fonida gʻarb bozorlaridan toʻliq ketishi haqidagi mish-mishlar va hatto “Arsenal” klubidagi ulushini sotishi haqidagi xabarlarni Usmonov rad etdi.

“Bunga ahamiyat berish kerak emas. Men fatalist emasman, lekin men kimgadir bogʻliq boʻlishni yoqtirmayman. Men faqat oʻz prezidentim va oʻz rafiqamga bogʻliq boʻlishim mumkin… Biz, oʻzbeklar, sabr-toqatli xalqmiz, lekin qoʻrqoq emasmiz”, – deb alohida taʼkidlagan milliarder.

Men – internet savdogariman

Alisher Usmonov oʻzini internet qiroli, deb ham hisoblamaydi.

“Men internet qiroli emasman… Bill Geyts, Stiv Jobs, Sukerberg, Grishin, Durov – mana shular internet qirollaridir, rossiyalik oʻyinchilar haqida gapiradigan boʻlsak – ular knyazdirlar. Men esa – internet savdogariman. Hozir esa uning muxlisiga aylanganman”, – deb tan oladi USM Holdings asoschisi.

Usmonovning fikricha, internet sunʼiy ong bilan hamkorlikda insoniyat mavjudligining yangi shart-sharoitlarini yaratadi, shu bois, global tarmoqni tartibga solish ayni vaqtda eng kerakli va muhim masalalardan biri hisoblanadi.

“Hukumat qilichini yalanglashi kerak emas, lekin shu bilan bir vaqtning oʻzida internet-muloqot subyektlari oʻz masʼuliyatini oshirmoqlari zarur… Men senzura emas, qonun tarafdoriman”, – deya oʻz fikri bilan oʻrtoqlashadi biznesmen.

Uning soʻzlariga koʻra, BMT doirasida hamkorlikdagi internetni global boshqarish mexanizmlarini ishlab chiqish darkor.

Usmonovning aytishicha, uning oʻzi internetda bir kunda 2-3 soat oʻtkazishi mumkin. Ilgarilari milliarder uchun qiziq tuyulgan telegramm-kanallar bugunga kelib oʻz ahamiyatini yoʻqotgan. Usmonovning fikricha, ular maʼlumot manbaidan instrumentga aylangan.

Jonajon joylar va Oʻzbekistonga gʻamxoʻrlik

Biznesmen bilan teleintervyu Rossiya va Oʻzbekistondagi bir nechta joylarda suratga olingan. Toshkentda Usmonov oʻzi oʻqigan maktabda, ish joylarining birida boʻlgan va hatto oʻsmirligida shugʻullangan sport seksiyalaridan biriga ham borgan va u yerdagi yoshlarga bir nechta usullarni koʻrsatgan.

Usmonov 10 yil davomida “Arsenal” aksioneri boʻlgani tufayli, u bu mavzuni shu qadar sinchkovlik bilan oʻrganganki, hozirda oʻz tajribasini Rossiya klublariga yordam uchun qoʻllamoqda. Bundan tashqari, milliarder oʻzining birinchi sevimli jamoasi boʻlgan “Paxtakor” haqida ham unutib qoʻygani yoʻq. Ayni vaqtda biznesmen oʻzbek klubi bilan ishlash boʻyicha bir nechta takliflarni olgan, ammo aktivlarni xarid qilish borasida aniq javob berishga shoshilmayapti.

Lekin, shunday boʻlsa-da, Usmonov “Paxtakor”ga yordam berib kelmoqda – u stadion qurilishi uchun 20 million dollar kiritgan.

Bulardan tashqari, biznesmen Oʻzbekiston islom merosini qayta tiklash loyihasiga mablagʻ kiritgan. U yana investitsiyalar kiritishi mumkinligini ham inkor etgani yoʻq.

Alisher Usmonov oʻzbek biznesini qoʻllab-quvvatlash va mamlakatlar oʻrtasida kooperatsiyani rivojlantirishni rejalashtirmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Alisher Usmonov: “Biz oʻzbeklar, sabr-toqatli xalqmiz, lekin qoʻrqoq emasmiz!”