20:14 / 04.10.2018
4 185

Sharof Ubaydullayev: “Gaz va elektrda ichkaridagi oʻgʻrilar tugatilmas ekan, sohani toʻgʻrilay olmaysiz”

Sharof Ubaydullayev: “Gaz va elektrda ichkaridagi oʻgʻrilar tugatilmas ekan, sohani toʻgʻrilay olmaysiz”
Chorshanba kuni boʻlib oʻtgan Xalqaro press-klub majlisida taniqli jurnalist, “Nuroniy” jamgʻarmasi Respublika boshqaruvi raisi oʻrinbosari Sharof Ubaydullayev gaz va elektr energiyasi sohasidagi kamchiliklarni tanqid ostiga oldi, deb yozadi “Gazeta” nashri.

“Juda katta eʼtiroz bor: mana, faxriylar menga aytishayapti, «Oʻzbekenergo“ning ichidagi oʻgʻrilarni tugatdingizmi, qachon tugatasiz, — deya murojaat qildi u «Oʻzbekenergo” rahbariyatiga. — Masalan, Toshkentda 1300 ta transformatorni sotib yuborgan sizning rahbarlaringiz. 1300 ta, har bir tumandan oʻrtacha 120−130 ta transformator. Bularning oldi 50 ming, 1000−1600 deganlari 10−15 ming dollar turadi. Qayoqqa sotildi? Chunki bizda keyingi paytda xususiy korxonalar paydo boʻldi, gʻisht zavodi, sut zavodi, issiqxonalar… Bularning barchasiga transformator kerak. Siz esa “kapeyka”ni toʻgʻrilaylik deb chaqirayapsiz”.

Sharof Ubaydullayev hukumat va prezident haqiqatni ochiq aytish masalasini ilgari surayotganini, keyingi vaqtlarda juda koʻp vazirlar oʻzgargani, oʻzgarayotgani, biroq natija boʻlmayotganini taʼkidlab oʻtdi.

“Birgina Toshkent shahrida 1300 ta transformator sotib yuborilsa, buni nazorat qiladigan prokurorlar yoʻqmi, sizning ishtirokingiz yoʻqmi? Siz 500 soʻm-1000 soʻm toʻlay olmagan faxriylar, nogironlarning ortidan quvib yuribsiz, bizda roʻyxatlari ham bor. Siz nogironlarga boshqacharoq qarang. Toʻlov imkoniyatlari juda kulgili. Qayerga toʻlashini bilmaydi, ilgari mayli, elektr yomon, gaz yomon deymiz, uyga kelib olardi (toʻlovlarni). Hozir sizning xoʻ-oʻ idoralaringizni qidirib borishi kerak. Lekin pulga, toʻlovga kelsa, elektr oʻchib qolayapti, anavi kamchilik boʻlayapti, desa sizning pagonlilaringiz nima deydi, bilasizmi? «Bizning bunga aloqamiz yoʻq, taʼminot energiyada, biz faqat pul olishni bilamiz, deydi. Buni bitta qoʻlga berish kerak: yo siz rahbarlik qiling, yoki taʼminot bilan birga”, — dedi u.

“Gaz, elektr ichkarisidagi oʻgʻrilar tugatilmas ekan, xalqdan olinayotgan „kapeyka“ bilan bu sohani toʻgʻrilay olmaysiz. Ichkarida tartib oʻrnating, xalq siz bilan hamkor boʻlsin. Mana — faxriylar doimo sizning quvvatingiz boʻladi. Prezident qoʻyayotgan masalalarni faqatgina xalqning yelkasiga osmang, oʻgʻrilarni tugating, oʻgʻrilarga bosh boʻlmang! Oʻrtoq prokuror, sizning Majburiy ijro byurongizda kamchiliklar shunaqangi koʻp. Bir-birini soʻyib qoʻygan rahbarlar sizga qaraydimi? Amal talashib yotibdi. Shuning uchun pulning orqasidan emas, adolatning orqasidan quving”, — dedi “Nuroniy” jamgʻarmasi raisi oʻrinbosari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sharof Ubaydullayev: “Gaz va elektrda ichkaridagi oʻgʻrilar tugatilmas ekan, sohani toʻgʻrilay olmaysiz”