11:57 / 05.10.2018
5 551

Turar joyni noturar joyga onlayn oʻtkazish mumkin

Turar joyni noturar joyga onlayn oʻtkazish mumkin
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazish haqida qarorni olish boʻyicha xizmat taqdim etildi.

Xizmat narxi va toʻlash tartibi

Arizani koʻrib chiqish uchun davlat boji quyidagi miqdorlarda toʻlanadi:
  • Nukus shahri va viloyat markazlari uchun eng kam oylik ish haqining 10%.
  • Toshkent shahriga eng kam oylik ish haqining 20%.
  • Tumanlar va shaharlardagi tumanlar hududi uchun eng kam oylik ish haqining 30%.

Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 9 martdagi 70-son “Shaharsozlik faoliyati va qishloq xoʻjaligidan boshqa ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berishning, bino va inshootlarning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni (fasadini taʼmirlashni) kelishishning, shuningdek obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga, turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazishga ruxsatnomalar berishning umumiy belgilangan tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatdir.

Xizmatni koʻrsatish muddati: 8 kun ichida.

Xizmatdan jismoniy va yuridik shaxslar foydalanishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Turar joyni noturar joyga onlayn oʻtkazish mumkin