14:30 / 05.10.2018
6 320

Toshkent viloyati hokimligi “amaldor”i pora bilan qoʻlga tushdi

Тошкент вилояти ҳокимлиги "амалдор"и пора билан қўлга тушди​
Toshkent viloyati hokimligi Moliya bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlovchi J.N. 5000 dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlandi, deb xabar qildi IIV matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, shu yil 3 oktyabr kuni fuqaro A.S. Ichki ishlar vazirligiga ariza bilan murojaat qilib, unda oʻzini Toshkent viloyati hokimligi Moliya bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari deb tanishtirgan shaxs unga tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun Boʻstonliq tumanidagi turizm uchun ajratilgan zahira yerlardan 3 gektar yer maydoni olib berishga vaʼda qilib, evaziga oldindan 5000 dollari miqdoridagi pullarni berishini talab qilayotganligini maʼlum qildi.

Shu kuni IIV tezkor xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbir davomida, Toshkent viloyati hokimligi Moliya bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlovchi J.N. Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Parkent koʻchasida ariza muallifidan 5000 dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlandi.

Ushbu holat yuzasidan IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyati hokimligi “amaldor”i pora bilan qoʻlga tushdi