19:24 / 06.10.2018
4 910

Avtobus bekatida toʻxtagan “damaschi” va “Toshshahartransxizmat” xodimining janjali (video)

Avtobus bekatida toʻxtagan “damaschi” va “Toshshahartransxizmat” xodimining janjali (video)
Ijtimoiy tarmoqlarda oʻzini “Toshshahartransxizmat” xodimi deb tanishtirgan ayol va avtobus bekatida toʻxtab yoʻlovchi olish bilan shugʻullanadigan “Damas” haydovchisi oʻrtasida yuzaga kelgan mojaro tasvirlangan videoyozuv tarqaldi.

Ayolning soʻzlariga koʻra, u videolavhani “Buyuk ipak yoʻli” avtobus bekatida tasvirga olgan. Tasvirda bekatda yoʻlovchi olayotgan “Damas” avtomobili va uning haydovchisi namoyon boʻladi. Ayol haydovchini ilgari ham ogohlantirganini aytadi va haydovchi unga telefonini olib qoʻyishini aytib tahdid qiladi. Soʻngra mashina bekatni tark etadi. Uning ortidan boshqa bir “Damas” avtomobili kelib toʻxtaydi.

Ayol haydovchiga avtobus bekatida mashinani toʻxtatish mumkin emasligini aytadi. Haydovchi uning telefonda videoga olishiga eʼtiro bildiradi hamda ayolning ortidan kelib turtib yuboradi. Orada mojaroga militsiya xodimi kelib aralashib, ularni ajratib qoʻyadi va voqea joyidan gʻoyib boʻladi.

Shundan soʻng ham asabiylashgan haydovchi ayolga tahdid qilib, uni qoʻpol soʻzlar bilan haqorat qiladi va ayolning telefonini tortib olishga harakat qiladi.

Ayol odamlardan yordam soʻrab qichqiradi va atrofda shuncha odam turganiga qaramasdan birortasi unga yordam berishga harakat qilmaganidan hayratdaligini aytadi.

Youtubeʻda koʻrish:

Facebookʻda koʻrish:
“Текин томоша” - автобус бекатида тўхтаган “дамасчи” ва “Тошшаҳартрансхизмат” ходимининг жанжалига ҳеч ким аралашмади

“Текин томоша” - автобус бекатида тўхтаган “дамасчи” ва “Тошшаҳартрансхизмат” ходимининг жанжалига ҳеч ким аралашмади ➥ Батафсил: https://kun.uz/33571684

Опубликовано Kun.uz Суббота, 6 октября 2018 г.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda “Matiz” avtomobili haydovchisining jamoat transporti bekatida toʻxtab turib, avtobuslar harakati uchun muammolar keltirib chiqargani tasvirlangan video eʼlon qilingan va unga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 128-6- (Transport vositalari haydovchilarining toʻxtash yoki toʻxtab turish qoidalarini buzishi) va 135-moddasi (Yoʻl harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari boʻlmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi) bilan bayonnoma rasmiylashtirilgani xabar qilingandi.

Bundan tashqari, Shayxontohur tumani maʼmuriy sudi tomonidan “Matiz” haydovchisi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasida (Mayda bezorilik) nazarda tutilgan huquqbuzarlikda aybdor deb topilgan va unga 5 sutkagacha boʻlgan muddatda maʼmuriy qamoq koʻrinishidagi jazo tayinlangandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Avtobus bekatida toʻxtagan “damaschi” va “Toshshahartransxizmat” xodimining janjali (video)