20:50 / 07.10.2018
10 392

Gulnora Karimovaning oʻgʻli bobosi Islom Karimov doim onasidan hadiksiraganini aytdi

Gulnora Karimovaning oʻgʻli bobosi Islom Karimov doim onasidan hadiksiraganini aytdi
Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning toʻngʻich nabirasi Islom Karimov bir necha yillardan buyon Buyuk Britaniyaning London shahrida qolmoqda. Kuni kecha uning yoniga singlisi Imon Karimova ham joʻnab ketganligi haqida xabar bergan edik.

Kichkina Islom Karimov bobosining janoza marosimida ham ishtirok eta olmagan. U oʻtgan ikki yil ichida ikki marta xalqaro OAVlarga, xususan, BBCʻga intervyu bergandi. U oʻz onasi, uning jinoiy javobgarlikka tortilishi va bobosining qizi Gulnora bilan munosabatlari haqida gapirganida, Islom Karimov doim Gulnoradan hadiksiraganini aytadi, deb yozmoqda Qalampir.uz nashri.

“Bobom onamga har doim aytib kelgan “Hech qachon mendan oshib ketmasliging kerak”, deb. Bobomda oʻz qizi unga boʻlgan xalq muhabbatini oʻgʻirlab oladi degan xavotir boʻlgan. Onam hech qachon bunga urinmagan va har doim uni koʻklarga koʻtargan. Muammo shundaki, bir necha bor uyda oʻtirib, u onamni televizorda koʻrgan. Onam u yerda yo bu yerda koʻrinish bergan. U shunchalar gʻazablanganki, biz baʼzi jamoatchilik ishlarini undan yashirishga majbur boʻlganmiz. Bobom uning oʻzbek matbuoti, telekanallar, marosimlarda chiqishini istamagan. Shuning uchun, Fond Forumda boʻlgan Mehr Nuri, Yangi Avlod kabi baʼzi kompaniyalarni rasmiylashtirishimiz juda qiyin boʻlgan.

Ilk yillari onam ularga bogʻliq ekanini rad etgan. Vasiylik kengashida ismi tursa-da, bu mening gʻoyam deb aytolmasdi. Agar aytsa, bobom “Mana, sen mendan hokimiyatni oʻgʻirlamoqchisan” deb aytgan boʻlardi...”

Kichkina Islom Karimovning bobosi haqida aytgan bu gaplariga qanchalik ishonishni ham bilmaysan, kishi. 2013 yilgacha mamlakatda eng qudratli kishilardan biri boʻlgan Gulnora Karimovaning amalga oshirayotgan loyihalari, faoliyati va ulardagi ishtirokidan uning bir chetda yurishga ehtiyoji borligi sezilmasdi. Aksincha, u 2010 yildan 2013 yilgacha boʻlgan davrda kun sayin ommaviy “yulduz”ga aylangandi. Mamlakatdagi TVlarda esa “Fond forumga rahmat!” qabilidagi lavhalar har kun namoyish etilardi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Gulnora Karimovaning oʻgʻli bobosi Islom Karimov doim onasidan hadiksiraganini aytdi