08:58 / 08.10.2018
3 965

Konor va Xabibning jangi ijtimoiy tarmoqlardagi oʻzbek muxlislari tomonidan qanday kutib olindi?

Konor va Xabibning jangi ijtimoiy tarmoqlardagi oʻzbek muxlislari tomonidan qanday kutib olindi?
UFC jangi boʻyicha irlandiyalik Konor MakGregor va rossiyalik Xabib Nurmagomedov oʻrtasidagi jang va undan keyingi sodir boʻlgan shov-shuvli voqealar oʻzbekistonlik muxlislarda qanday taassurot qoldirdi? “Feysbuk” va “Tvitter”da muxlislar jang va undagi hodisalarni yumor aralash qarshilashgan boʻlsa, “Instagram”da hattoki qizlar jang tafsilotlarini jiddiy muhokama qilishganiga, hattoki bir birlari bilan tortishib ketishganiga guvoh boʻldik.

“Feysbuk”dagilar nima deydi?

Muxammad Shakur: Katta janglardan avval va keyin boʻladigan mashmashalar atayin ommada qiziqishni orttirish uchun qilinadi. Sababi — pul. Translyatsiyani sotib olish katta pul turadi. Sotib olgan telekanallar ham foyda koʻrishadi — reyting hamda reklamadan tushadigan pul.

Bunday paytda ringda nima sodir boʻlishiga qiziqamiz, albatta, ammo ring ATROFIDA nimalar boʻlayotganini anglash va yodda tutish kerak. Shu bilan birga botinda boʻladigan ishlar ham bor — berilib ketib, oʻzimizni yoʻqotib qoʻyganimizda quvonadigan koʻzlar ham bor...

Aslan Umar: UFC — harom! Yuzga urish harom! Gunohkor Moʻminning shaʼnini bulgʻash ham harom! Munofiq emas u bola. Qilayotgan harom ishiga ochiqchasiga raddiya bermadi hech qayerda halol deb. Hayot tarzi oila va ijtimoiy hayotida uncha muncha moʻminlar qilolmagan ishni qiladigan bola. Shaxsga nisbatan ja qattiq gapirvormanglar. Alloh hidoyatlasin bu bolani, oxirini xayrli qilsin...

Iroda Rustamova: Konor hadeb jinnicha qiliqlar qilganidan bilgandim yutqazib qoʻyishini. U maqtanib yurdi, Xabib esa Allohni koʻp marta esladi. Mana shungayam yutdi.

Zafar Abdullaev: Toʻgʻri ish qildi Xabib. Gonorarining Xabibga keragi yoʻq, Ramzon Qodirov bratan ikki baravar qilib beradi pulni!

Kamoliddin Akbarov: Xolis aytganda, Xabib toʻgʻri ish qilmadi. Butun dunyoga anavining masxarabozligini isbotlab qoʻydi, tamom! Bundan oshiq ularga alamli jazo yoʻq edi.

Bahadir Can: Hojiboy boʻlganda nima degan boʻlar edi:

“Xabib — prav. Toʻgʻri qiladi! Xabibda hech qanday ayb yoʻq edi. Ikki metr narida Konorning murabbiyi binnarsa-binnarsa deb qoʻydi-da. Bu eshitib qoldi. Biz eshitmadik. «Nima deding? Binnarsa deganday boʻldingmi?” dedi. Ringni bir burchagida Konor chala soʻyilgan xoʻrozday yotibdi. Xabib ringdan irgʻib oʻtib, Konorning murabbiyini doʻpposlab qoʻydi. Butun jahon u-u-u-u devordi. Qoʻrqmasdan chiqib ketdi! Chunki u Xabibboy-da! U oʻzimizni oʻzbek. Tagi oʻzbekistonlik. Oʻzbekligi bor. Qiziqqon-da. Haqiqat talab qildi. Qoʻrqmadi. «Hey! — dedi. — Chempionatinggayam... Oʻsha oltindan boʻlgan kamaringgayam dedi.

Yurakni qarang. Qoʻrqmaganini.

Oʻyininggayam...

Ringinggayam...

Ringingni direktorigayam...

Sudyalaringgayam dedi. Shartta chiqib ketdi.

Rossiyada Putin kutib olib, “toʻgʻri qilding,” dedi. “Sen musulmonlarni obroʻsini, or-nomusini saqlab qolding. Dogʻistonda Shayx Shomildan keyin ikkinchi tarixiy qahramonga aylanding”, dedi. “Senga oʻsha oltin kamar kerakmi. Men oʻzim 15ta yasab beraman”, dedi.

Xabib jangni ringda boshlab, tashqarida tugatdi».

Baxtiyor T.: Habib jangdan keyin juda katta xato qildi. Konor taslim boʻlgandan keyin, xotirjamlik bilan qoʻlini yuqori koʻtarsa bas edi. Shunda u butun dunyo miqyosida qahramon boʻlar edi. U esa, yosh bolaga oʻxshab, ommaga sakrab tushib, odamlar bilan urishib yuribdi...

Nonick Votamgin: Yana bir versiya — revansh boʻladi. Revansh boʻlishi uchun ham jang oxirida shunaqa toʻpolon boshlagan boʻlishi mumkin.

Xabib – Konor bular oddiy oʻyinchi, ularning ortidagi asosiy oʻyinchilarga pul topish birinchi oʻrinda turadi!

Bugungi gonorarni olishdi, revansh bundan-da katta foyda keltiradi, bu — aniq. Balkim revanshda Xabib yana yutar, lekin bu investorlar uchun unchalik muhim emas. Sport — bu biznes! Xullas, jang rejali boʻlgan boʻlishi mumkin.

“Tvitter”dagilar nima deydi?

@hamzaevr:
Xabibning gʻalabasidan xursandmisizlar endi?! Shoumen Konor butun dunyo oldida sharmanda boʻlgani qoldi. Katta gapirmaslik kerak edi!

@Javlon1703: Tvitter ahli Xabibning yutugʻini kam muhokama qilyapti. Demak, Konorning muxlislari Oʻzbekistonda ham koʻproq shekilli.

@Karshiev_A: Boʻldi, Xabibga kamar ham yoʻq! Yana katta “soqqa”ga jang boʻladi. Xabibning ringdan oshib tushishi UFCga yana jang uyushtirishga imkon tugʻdirdi.

“Instragram”dagilar muhokamasi

dina_baby_girl_m: Xabib hadeb quchoqlavolib urushdi, zerikarli jang boʻldi, erkin kurashga oʻxshab. Konorni quchoqlavolib oʻtirdi. Zarba berib urishsa, yutqazardi.

margubaabdullayeva.35: Xabib choʻchqaday semirib yotibdi, yana Konor erkakchasiga urushdi, vazni kamligi bilinib turibdi. Xabib hechkimmas, baribir Konor men uchun chempion. Xabib oʻzidan ketib qoldi, endi sud uni oʻzidan ketkazadi. Rosti, Konorning insoniyligining oʻzi uning chempionligi. Chunki u qancha rak kasaliga chalingan muxlislariga yordam qilgan. Xabibning faqat kamari bor, xolos.

hulkarhaitova: Chempionlikdan ham mahrum boʻlishi mumkin ekan. Bu — sport, oʻzini koʻrsatish kerakmas edi. Oʻyin tugagandan keyin oʻyin boshladi va asl yuzini koʻrsatdi. Oʻzini bosvolishi kerak edi. Yaxshiyam politsiyachilar bor, oʻpkasini bosolmagan sportchilarni koʻrdik, bekorga oʻlib ketdi…

non_usernames: Afsuslar boʻlsinki, lekin bu gap toʻgʻri. Bu inglizlar Xabibni yeb tashlashadi endi. Pul-ku mayli, Xabib bepul urishaman kerak boʻlsa Konor bilan degan edi. Gap puldamas, kelasi jangdan ishlab olaveradi pulni. Lekin karyerasiga yomon boʻldi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Konor va Xabibning jangi ijtimoiy tarmoqlardagi oʻzbek muxlislari tomonidan qanday kutib olindi?