12:27 / 08.10.2018
3 025

Oʻzbekistonda fuqarolarga bepul maslahat beruvchi veb-portal yaratiladi

Oʻzbekistonda fuqarolarga bepul maslahat beruvchi veb-portal yaratiladi
Adliya vazirligi tomonidan Buyuk Britaniyaning mamlakatimizdagi elchixonasi bilan hamkorlikda turli sohalar (tadbirkorlik, ijtimoiy himoya, huquqiy himoya va b.sh) boʻyicha bepul maslahat beradigan “Advice.uz” yagona maʼlumotlar portalini yaratish ishlari boshlandi. Bu haqda Adliya vazirligining Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi xabar bermoqda.

Adliya vazirligi tomonidan Buyuk Britaniyaning mamlakatimizdagi elchixonasi bilan hamkorlikda turli sohalar (tadbirkorlik, ijtimoiy himoya, huquqiy himoya va b.sh) boʻyicha bepul maslahat beradigan “Advice.uz” yagona maʼlumotlar portalini yaratish ishlari boshlandi.

Mazkur portalni muvaffaqiyatli ishga tushirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maʼmuriyati va Adliya vazirligi vakillaridan iborat delegatsiyaning Buyuk Britaniyaning London shahriga tashrifi uyushtirildi.

Tashrif davomida Britaniyaning fuqarolarga maslahat berish boʻyicha eng yaxshi amaliyotlari, xususan 1939 yilda oʻz faoliyatini boshlagan “Citizens Advice” tarmogʻi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

“Citizens Advice“ Britaniyaning mamlakat buyicha 316 mustaqil xayriya tashkilotlari tarmogʻi hisoblanadi.

Tizim orqali ijtimoiy yordam, mehnat munosabatlari, qarzdorlik, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish, oila, uy-joy, sud-huquq, migratsiya sogʻliqni saqlash kabi sohalarda elektron portal, telefon, elektron va Webchat kabi xizmatlar orqali va telefon, elektron va Webchat xizmati yordamida bepul ravishda maʼlumot va maslahatlar taqdim etadi.

Bundan tashqari, “Citizens Advice“ning Buyuk Britaniya hududida 600 dan ortiq byurosi mavjud boʻlib, ularga aholi oʻzining muammosi boʻyicha bepul maslahat olish uchun murojaat qilishi mumkin.

2017-2018 yillar davomida “Citizens Advice” jamoasi tomonidan 2 mln 700 ming nafardan ortiq shaxslarga bevosita huquqiy yordam koʻrsatilgan. Onlayn maslahat saytidagi maʼlumotlardan 43 milliondan ortiq shaxs foydalangan.

Uchrashuvlar doirasida delegatsiya aʼzolari va xorijiy tashkilot vakillari oʻrtasida “Advice.uz” Yagona axborot portali” loyihasini Oʻzbekistonda ishga tushirish istiqbollari boʻyicha fikrlar almashildi.

Government Digital Services vakillari bilan boʻlgan uchrashuvda axborot texnologiyalari, xususan, mazkur portalning veb platformasini ishlab chiqish boʻyicha hamkorlik qilishga qaror qilindi. Tomonlar Oʻzbekiston delegatsiyasining kelgusi tashrifida Hamkorlik memorandumini imzolashga kelishishdi.

Bepul maslahat beruvchi veb-portalning yaratilishi fuqarolarning arzimagan masalalar boʻyicha turli idoralarga murojaat qilishini keskin kamaytirishi bilan birgalikda, kundalik hayotda duch kelishi mumkin boʻlgan turli muammoli masalalarning qonuniy yechimini topilishini taʼminlaydi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)