21:51 / 09.10.2018
8 513

Sirdaryo viloyati hokimi dalada paxta terdi (foto)

Sirdaryo viloyati hokimi dalada paxta terdi (foto)
2018 yil hosili uchun Sirdaryo viloyatida ham paxta xomashyosi yetishtirilgan boʻlib, uni nobud qilmasdan yigʻib-terib olishga barcha kuch va vositalar safarbar etilgan, deb xabar qilmoqda Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati.

Qayd etilishicha, bugun Sirdaryo viloyati hokimi Gʻofurjon Mirzayev paxta yigʻim-terimi mavsumida ishtirok etayotgan hasharchilarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Fargʻona viloyatidan kelgan hasharchilar bilan dalada paxta tergan.

Viloyat hokimi hasharchilar bilan suhbatda boʻlib, ilgʻor terimchilarga sovgʻalar topshirgani aytiladi.

Viloyatimizda soʻnggi ikki kunda ob-havoning biroz noqulay kelishi paxta xomashyosini terib olishda qiyinchiliklar tugʻdirdi. Ayni shu pallada viloyat hokimi tashabbuskorlik koʻrsatib, terimchilar holidan xabar olish hamda namuna boʻlish maqsadida paxta terimida ishtirok etib, paxtakorlarning koʻnglini koʻtardi, deyiladi hokimlik xabarida.

Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati

Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati

Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati

Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sirdaryo viloyati hokimi dalada paxta terdi (foto)