17:39 / 11.10.2018
4 586

Lasetti daraxtga urilishi oqibatida haydovchi va yoʻlovchi halok boʻldi

Lasetti daraxtga urilishi oqibatida haydovchi va yoʻlovchi halok boʻldi
Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 2018 yil 11 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumanida yashagan M.Sh. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashinasini Furqat koʻchasida joylashgan “Xalqlar Doʻstligi” sanʼat saroyi oldida haydab ketayotib boshqaruvni eplay olmay yoʻl chetidagi daraxtga urilgan.

Natijada avtomashina haydovchisi M.Sh. va uning yoʻlovchisi N.M.lar jarohat olib voqea joyida vafot etganlar. Holat yuzasidan dastlabki tergov oldi harakatlari olib borilmoqda deb xabar bermoqda Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Lasetti daraxtga urilishi oqibatida haydovchi va yoʻlovchi halok boʻldi