15:13 / 16.10.2018
3 336

Aziz Sanjar: "Men bu ota Vatanga yoshlarni ilmga ruhlantirish uchun keldim​"

Aziz Sanjar: "Men bu ota Vatanga yoshlarni ilmga ruhlantirish uchun keldim​"
O‘zbekiston milliy universiteti rahbariyatining rasmiy taklifiga binoan Shimoliy Karolina universiteti (AQSh) Biokimyo va biofizika professori, 2015 yil Nobel mukofoti sovrindori Aziz Sanjar 2018 yilning 15 oktyabr kuni O‘zbekiston tashrif buyurdi.

Tashrifning birinchi kuni olim O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov, O‘zMU rektori Avazjon Maraximov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimovlar bilan uchrashdi. Tashrif davomida olim dil so‘zlarini bayon qildi:

“O‘zbekistonga kelish men uchun sharaf. Men nafaqat turkiyalikman, balki o‘zbekistonlik turkman. O‘zbekiston menida vatanim. Taklif uchun tashakkur. Men qardoshlarimni ko‘rishga keldim. Nobel mukofotini men barcha turkiy xalqlar uchun oldim. Bu mukofot barcha turkiy xalqlarnikidir. Ochig‘i, sizlardan sir saqlamayman, bu nufuzli mukofotga sazovor bo‘lganimdan keyin meni dunyoning turli nuqtalaridan taklif etishayapti. Vaqt nuqtai nazaridan, ko‘p takliflarni rad etishimga to‘g‘ri keladi. Lekin turk qardoshlarimni, O‘zbekistonning bu taklifini bosh ustina qabul etdim. Bu mening burchim! Bu yerga hech qanday moddiy manfaatlarsiz, sog‘inch bilan keldim. Bu meni shu ota Vatan oldidagi qarzim! Eng asosiysi men bu ota Vatanga shu yerdagi yoshlarni ilmga ruhlantirish uchun keldim. Bugun barcha turk yoshlarni bilimga qiziqtirishimiz, ularni ilmga yo‘naltirish asosiy vazifamiz hisoblanadi.. Ularni G‘arb ilmidan ko‘proq boxabar qilib, 5-6 yoshidan boshlab tajriba, kashfiyotlar sari ilhomlantirishimiz lozim.

Kichik yoshdan boshlab, amaliyotga e’tibor qaratishimiz kerak. Men uz tajribamdan shuni aniq aytaman, barcha muvaffaqiyatlarni kaliti — tajriba va amaliyot. Men buni aytishdan charchamayman. Meni o‘zbekistonlik yoshlarga aytadigan gaplarim ko‘p.”


Tashrifning ikkinchi kuni mamlakatda ilm-fan sohasida olib borilayotgan islohotlarga bag‘ishlanadi. Jumladan, O‘zMUda “Aziz Sanjar: sarhadsiz bilim ichra kechgan hayot” deb nomlangan xalqaro ilmiy anjuman o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda respublika hamda xorijiy davlatlardan yetakchi olimlar, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi, vazirliklar va elchixonalar vakillari ishtirok etadi. Konferensiya doirasida professor Aziz Sanjar O‘zMU Faxriy doktori unvoni taqdim etilishi ko‘zda tutilgan.

Mazkur konferensiya buyuk olimning hayoti va ijodiga bag‘ishlanadi. Aziz Sanjar O‘zbekiston ilm ahli oldida chiqish rejalashtirilgan..

Tashrif davomida professor Aziz Sanjar bakalavriat, magistratura, doktorantura tahsil oluvchilari va tadqiqotchilarga “DNKning tiklanishi, saraton va kimyoviy davolash” mavzusida onlayn ma’ruza o‘tadi. Mazkur ma’ruza respublikaning barcha OTMlari videokonferensiya studiyalarida translyatsiya qilinadi.

Shuningdek, professor Aziz Sanjarning “Fan va milliy taraqqiyot” mavzusida O‘zbekiston yosh olimlariga murojaati rejalashtirilgan. So‘ngra, olim O‘zMUning Tarmoqlararo molekulyar biologiya laboratoriyasining ochilish marosimida ishtirok etadi.

Shu yilning 18-21 oktyabr kunlari professor Aziz Sanjar Urganch, Xiva, Buxoro va Samarqand shaharlarining tarixiy me’moriy obidalarini ziyorat qilish uchun tashrif buyuradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Aziz Sanjar: "Men bu ota Vatanga yoshlarni ilmga ruhlantirish uchun keldim​"