00:08 / 17.10.2018
5 032

“Kaptiva”dan uloqtirilgan ogʻuning egasi qoʻlga olindi

“Kaptiva”dan uloqtirilgan ogʻuning egasi qoʻlga olindi
Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari va huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir natijasida giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi. Bu haqda Davlat bojxona qoʻmitasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tadbir davomida Buxoro shahri Navoiy shoh koʻchasi boʻylab harakatlanayotgan “Kaptiva” rusumli avtomashina shubha uygʻotganligi sababli toʻxtatilganda avtomashina haydovchisi Q.Sh. mashinadan qora sellofan boʻlaklarini yoʻl yoqasiga tashlab qochishga uringan. Biroq tezkor guruh vakillari tomonidan haydovchi qisqa fursatda qoʻlga olingan.

Fuqaro Q.Sh. tashlab qochishga uringan sellofan paketlaridagi gugurt qutilarida yashil rangli oʻtkir oʻziga xos hidli quritib maydalangan holdagi oʻsimliksimon moddalar boʻlib, ular ekspertiza xulosalariga koʻra, umumiy ogʻirligi salkam 15 grammga teng boʻlgan marixuana giyohvandlik vositasi ekanligi oʻz tasdigʻini topdi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan fuqaro Q.Sh.ga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Kaptiva”dan uloqtirilgan ogʻuning egasi qoʻlga olindi