«UzNews.uz» manbaasining xabar qilishicha, Toshkent shahar DXX boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti boshqarmasi xodimlari hamkorlikda tadbir tashkil etishdi. "Aura" kafesida o‘tkazilgan tadbir natijasida Akmal Askarov tomonidan 12 ming AQSh dollarini sotishga urinayotgan vaqtda qo‘lga olingan.
A.Askarov, Sergeli tumanidagi «Ipotekabank» filiali rahbari sifatida faoliyat yuritgan, 12 ming AQSh dollarini 99.600.000 so‘mga sotayotgan bo‘lgan.
A.Askarovni tekshirish jarayonida uning yonidan 12.601 AQSh dollari aniqlangan.
Shu kunning o‘zida «Osiyo Grand» tantanalar saroyi avtoturargohida 19 ming AQSh dollarini sotishga urinish holati ham aniqlangan.
«Trastbank» filiali rahbari lavozimida ishlagan Rustam Mirkarimov, «Trastbank» bosh ofisi xodimi Jamshid Ismailov va fuqaro Nuriddin Burxonovlar 19 ming dollarni 160 million so‘mga almashtirish jarayonida qo‘lga olingan.
Tadbir yakunida, ushbu fuqarolardan noqonuniy muomalaga kiritilgan 19.000 AQSh dollari, J.Ismailovning o‘zidan 1.008 AQSh dollari va 85.208.000 so‘m pul mablag‘lari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.Tergov ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Xorazmda valyutafurush firibgarlar ushlandi

Jizzaxda katta mablag‘ bilan valyutafurushlar guruhi qo‘lga olindi (video)

20 ming AQSh dollarini sotishga uringan 4 nafar erkak qo‘lga olindi (video)

Andijonda 9 nafar “valyutafurush” qo‘lga olindi (video)

Toshkentda 12 ming dollarni salkam 98 mln so‘mga sotayotgan fuqaro qo‘lga tushdi (video)

MXX navbatdagi valyutafurushlarni qo‘lga tushirdi (video)