17 oktyabr kuni “Oʻzbekiston Qurʼon musobaqasi-2018” Respublika bosqichi 18-25 yoshlilar oʻrtasidagi hifz yoʻnalishi 1-oʻrin sohibi, Andijon shahridagi “Sayyid Muhyiddin maxdum” islom bilim yurti talabasi Muhammadiso qori Mahmudov shu yilning 18-21 oktyabr kunlari Qurʼoni karimni tajvid qoidasi bilan yoddan oʻqib berish boʻyicha Rossiya Federatsiyasida oʻtkaziladigan XIX Xalqaro Qurʼoni karim musobaqasida ishtirok etish uchun Moskva shahriga joʻnab ketadi.
Maʼlumotlarga koʻra, mazkur musobaqaning tashkilotchisi Rossiya musulmonlari diniy idorasi va Rossiya muftiylari kengashidir. Musobaqaning final bosqichida butun dunyodan 30 nafardan ortiq qorilar ishtirok etadi.
Shu yilning 21 oktyabr kuni Moskvadagi Crocus City Hall konsert zalida Qurʼon bayrami oʻtkaziladi. Bayram tadbirida XIX xalqaro Qurʼoni karim musobaqasining final bosqichi boʻlishi aytilmoqda.
Shuningdek Qurʼon bayrami mehmonlari turli ijodiy jamoalar chiqishlarini, mahorat darslarini, koʻrgazmalarni, trening va bolalar shaharchalarini tomosha qilishlari mumkin boʻlishi qayd etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi