16:30 / 22.10.2018
6 344

Sergelidagi mashina bozorida to‘pponchadan o‘q uzgan erkak kim edi? (video)

Sergelidagi mashina bozorida to‘pponchadan o‘q uzgan erkak kim edi? (video)
21 oktyabr, yakshanba kuni taxminan soat 12:00 da Toshkent shahri Sergeli tumani IIBga mashina bozorida to‘pponcha ushlagan shaxs yurgani haqida xabar kelib tushdi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati ma’lumotiga asoslanib Daryo.uz xabar qildi.

Voqea joyiga yetib kelgan IIBB va Milliy gvardiya xodimlari Yunusobodda yashovchi 39 yoshli N.A.ni qo‘lga oldi. Undan Makarov pnevmatik to‘pponchasi va kukri pichog‘i olib qo‘yildi.
VIDEO
Sergeli IIBga keltirilgan N.A. bozorga qarindoshiga tegishli «Matiz» va «Epica» avtomobillarini sotish uchun kelganini aytgan. U faqat havoga o‘q uzgani va hech kimga zarar yetkazmoqchi bo‘lmagani aniqlandi. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmadi.

Qo‘lga olingan erkakning shaxsi aniqlanganda u ruhiy-nevrologik dispanserda ro‘yxatda turishi oydinlashdi. U darhol davolash muassasasiga joylashtirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sergelidagi mashina bozorida to‘pponchadan o‘q uzgan erkak kim edi? (video)