18:53 / 22.10.2018
9 088

SSSR gerbidagi o‘roq 14 yil davomida xato tasvirlanib kelgan (foto)

SSSR gerbidagi o‘roq 14 yil davomida xato tasvirlanib kelgan (foto)
SSSR davlat gerbida tasvirlangan ramzlardan biri xato chizilgan. Bu haqda «Daryo»ga San’atshunoslik instituti ilmiy xodimi Temurxon Jahonov ma’lum qildi.

1923 yilda tasdiqlangan gerbda o‘roq noto‘g‘ri chizilgan, to‘g‘rirog‘i, uning tutqichi teskari tasvirlangan. Aslida o‘roqni ushlash vaqtida qulay bo‘lishi uchun tutqichidagi qalinlashgan qismi pastida bo‘lishi lozim edi.

Foto: Temurxon Jahonov
Ehtimol, rassom umrida o‘roq ushlamagan bo‘lishi mumkin, ammo davlatning racmiy belgisidagi xato e’tiborsizlik oqibati edi.

Foto: Temurxon Jahonov
Keyinchalik barcha gerb aks etgan rasmiy hujjatlar, kupyuralarda ham ushbu anglashilmovchilik takrorlanib boravergan.

Foto: Temurxon Jahonov
Bu xato 1937 yilga kelibgina davlat gerbining qayta tasdiqlanishi bilan bartaraf etiladi.

Foto: Temurxon Jahonov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » SSSR gerbidagi o‘roq 14 yil davomida xato tasvirlanib kelgan (foto)