02:08 / 24.10.2018
5 495

21 yildan beri soxta diplom bilan ishlab kelgan o‘qituvchi aniqlandi

21 yildan beri soxta diplom bilan ishlab kelgan o‘qituvchi aniqlandi
Mirishkor tumanida yashovchi fuqaro S.G. va fuqaro B.A.lar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining soxta diplomi bilan 21 yil davomida faoliyat yuritishgan. Bu haqda Bosh prokuratura rasmiy sayti xabar bermoqda.

Ma’lumotga ko‘ra, Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Mirishkor tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida fuqaro S.G. tumandagi 8-sonli umumta’lim maktabida 1993 yildan 2018 yilga qadar boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi va fuqaro B.A. 9-sonli umumta’lim maktabida 1997 yildan 2018 yilga qadar jismoniy tarbiya o‘qituvchisi bo‘lib ishlab kelganliklari aniqlangan.

Tekshirish davomida fuqarolar S.G. va B.A.larga qalbaki diplomlarni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan X.Z. ismli shaxs tayyorlab berganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 21 yildan beri soxta diplom bilan ishlab kelgan o‘qituvchi aniqlandi