04:06 / 24.10.2018
9 058

Andijon viloyati hokimi tushlikkacha 50 kilogrammdan ortiq paxta terdi (foto)

Andijon viloyati hokimi tushlikkacha 50 kilogrammdan ortiq paxta terdi (foto)
22 oktyabr kuni Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov oila a’zolari, qarindoshlari bilan birgalikda Paxtaobod tumanidagi Bo‘ston massivi “Dilkushod Nilufar” fermer xo‘jaligi dalalarida paxta terdi.

Shu kuni tushlikka qadar viloyat rahbari 50 kilogrammdan ortiq paxta terdi.

Oktyabr oyining ikkinchi o‘n kunligida ob-havoning keskin pasayishi terim sur’atini keskin tushirib yubordi. Shu kabi holatlar inobatga olinib, haftaning dam olish, ya’ni shanba-yakshanba kunlari Andijon viloyatida "Umumxalq hashari kunlari" deya e’lon qilindi. Viloyat tashkilotlari mutasaddilari terimchilar holidan xabar olish hamda namuna bo‘lish maqsadida, paxta terimida ishtirok etib, hasharchilarning ko‘nglini ko‘tarmoqda.

Andijon viloyat hokimi, shuningdek, Izboskan tumani Urganji massividagi “Urganji Obidjon hosili mo‘l” fermer xo‘jaligidagi paxta yig‘im-terimida ham ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, hozir Andijon viloyati paxta yig‘im-terimi bo‘yicha yillik reja borasida 80 foizdan ortiq natija bilan 2-o‘rinda bormoqda.

Ma’lumot uchun: Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Andijon qishloq xo‘jaligi (hozirgi Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filialini) tamomlagan. Turli yillarda Paxtaobod tumanida shirkat xo‘jaligi brigadiri, raisi, qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i, tuman hokimi, qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.





Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijon viloyati hokimi tushlikkacha 50 kilogrammdan ortiq paxta terdi (foto)