11:40 / 24.10.2018
5 000

Qamchiq dovonida piyodani bir necha mashina bosib ketdi

Qamchiq dovonida piyodani bir necha mashina bosib ketdi
Namangan viloyati Pop tumani Qamchiq dovonida 22 oktyabr kuni soat taxminan 20:55 da noma’lum haydovchi piyodani urib yuborgan, so‘ng bu piyodaning ustidan yana bir necha mashina o‘tib ketgan. Bu haqda Daryo.uz xabar bermoqda.

IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, piyoda — Andijon viloyati Jalaquduq tumani Qatortol mahallasida yashagan 41 yoshli Erkin Ergashboyev olgan jarohatlari oqibatida hodisa joyining o‘zida vafot etgan.

Qidirilayotgan haydovchi topilganicha yo‘q. Hozirgi vaqtda videokuzatuv kameralari yozuvlari tekshirilmoqda. Bu — murakkab jarayon, chunki mashina piyodani urib yuborganidan so‘ng, buni sezmay qolgan boshqa avtomobillar ham piyodani bosib o‘tgan. Birinchi mashina haydovchisini izlash ishlari olib borilmoqda.

Pop tumani IIBdan qo‘shimcha qilishlaricha, hozirgi vaqtda ikki haydovchi ishga jalb etilgan. «Videoyozuvlar asosida o‘sha kuni o‘tgan avtomobillarni aniqlab, ular haqidagi ma’lumotlarni Andijon, Farg‘ona va boshqa hududlarga yuboryapmiz», — dedi tuman IIB vakili.

«Agar kimda-kim ushbu hodisaga guvoh bo‘lgan va noma’lum avtomashina hamda uning haydovchisi haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsa, ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlariga borib yoki 102 telefon raqami orqali xabar berishingizni so‘raymiz», — deyiladi IIV bayonotida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qamchiq dovonida piyodani bir necha mashina bosib ketdi