14:11 / 24.10.2018
6 430

Surxondaryoda uyushgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Surxondaryoda uyushgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida fuqaroni qo‘rqitib, yirik miqdorda pul talab qilgan uyushgan jinoiy guruh ushlandi.
Surxondaryo viloyati IIB JQB “Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish” bo‘limidagi tezkor ma’lumot hamda Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i nomiga Jarqo‘rg‘on tumani Uzumzor mahallasida yashovchi, Alijon Sotiboldiyev(ism familiyalar o‘zgartirilgan) yozgan arizasida 2014 yilda Jarqo‘rg‘on tumani Neft baza unitar korxonasi sobiq rahbari Majid Majidovga 15.000.000 (o‘n besh million) so‘m pul bergani, ammo pullarini hozirgacha qaytarib ololmayotgani ma’lum qilgan, deya xabar bermoqda UzA.uz.

Alijon bir necha marta pullarini qaytarib berishni so‘rab Majid Majidovning uyiga borgan. Biroq hech qanaqa natija bo‘lmagan. 2018 yil 2 sentyabr kuni Jarqo‘rg‘on tumani «Obod» mahallasida yashovchi, 1992 yil tug‘ilgan Toshtemir degan kishi Alijonga qo‘ng‘iroq qilib Uzumzor mahallasida yashovchi, 1980 yil tug‘ilgan Salimjonning uyiga borishini, o‘sha yerda pulini olishini aytadi.

Alijon aytilgan manzilga boradi. Toshtemir va Salimjon Alijonni Jarqo‘rg‘on tumani Uzumzor mahallasi hududidan uzoqroqda joylashgan adirlikka olib borib, qabr qazishga majbur qiladi. Qo‘l va oyoqlarini bog‘lab, qabrga ko‘mib tashlamoqchi bo‘lishadi. Jinoyatchilar 15.000.000 (o‘n besh million) so‘m pulini so‘ragani uchun Majid Majidovning obro‘siga putur yetgani, agarda shirin joni kerak bo‘lsa, “Kobalt” rusumli avtomashinasini sotib 50.000.000 (ellik million) so‘m pul berishi kerakligini va shundagina uni tinch qo‘yishini aytadi.
Bu gaplarni eshitgan jabrlanuvchining ko‘z oldida guldek farzandlari, oilasi va joni moddiy boylikdan azizligi gavdalanib, chorasiz qolganligi sababli mazkur shartga rozi bo‘ladi.

Shundan so‘ng Alijon Denov tumanidagi avtomashina bozoriga borib “Kobalt” rusumli avtomashinasini sotib, Toshtemir va Salimjonga ular talab qilgan 50.000.000 (ellik million) so‘mdan 37.000.000 (o‘ttiz yetti million) so‘mini va “Kobalt” rusumli avtomashinasiga tegishli saka disk hamda shinalarini berib yuboradi. Agar yana qolgan 12.000.000 (o‘n ikki million) so‘m pulni bermasa oila a’zolari bilan birgalikda o‘ldirib, yo‘q qilib yuborish uchun tahdid qilayotganini bayon etgan.

Alijon Sotiboldiyev arizasiga asosan 2018 yil 18 oktyarb kuni Surxondaryo viloyati IIB JQB “Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish” bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir chog‘ida talab qilingan 12.000.000 (o‘n ikki million) so‘m pulning 6.000.000 (olti million) so‘mini olayotgan paytda jinoyatchilar qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan qo‘shimcha surishtiruv ishlari natijasida Alijon Sotiboldiyevni Jarqo‘rg‘on tumani Uzumzor mahallasi hududidan uzoqroqqa olib borib, yerga ko‘mishni va o‘ldirish bilan qo‘rqitib, undan 50.000.000 (ellik million) so‘m pulni olish rejasini jinoiy guruh tashkilotchisi Jarqo‘rg‘on tumani Uzumzor mahallasida yashovchi, 1985 yil tug‘ilgan Nozim Nozimovich degan fuqaro tuzgani va jinoiy yo‘l bilan olingan 50.000.000 (ellik million) so‘m pulni guruh a’zolari o‘zaro kelishuvga asosan taqsimlab olishgani aniqlandi.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryoda uyushgan jinoiy guruh qo‘lga olindi