18:43 / 24.10.2018
3 662

Samarqandda yigirmadan ortiq kishi xot-dogdan zaharlandi

Samarqandda yigirmadan ortiq kishi xot-dogdan zaharlandi
23 oktyabr kuni Samarqand shahri Sartepa massivida 21 nafar fuqaro xot-dogdan zaharlanish gumoni bilan shoshilinch tibbiy yordam xizmatiga murojaat qildi. Bu haqda Samarqand shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi ma’lumotiga tayanib, «Turon24» xabar berdi.

Tibbiy ko‘rikdan so‘ng bemorlardan 7 nafari o‘ta og‘ir ahvolda viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Ushbu shifoxona bosh vrachi Allobergan Bayjanovning so‘zlariga ko‘ra, bemorlar ovqat toksikoinfeksiyasi bilan og‘rigan.

Shifoxonaning o‘tkir ichak infeksiyasi bo‘limi boshlig‘i Komil Abdurahmonovning bildirishicha, xot-dogdan zaharlanib, mazkur bo‘limda davolanayotgan bemorlarning ahvoli hozir o‘rta og‘ir. Ayni paytda kerakli muolajalar qilinmoqda.

Aniqlanishicha, bemorlarning barchasi Sartepa dehqon bozoriga yaqin ovqatlanish shoxobchasida xot-dog iste’mol qilgan.

«Kecha yo‘l-yo‘lakay Sartepadagi bozor hududiga yaqin shoxobchadan xot-dog yedim, – dedi ushbu bo‘limda davolanayotgan nurobodlik talaba Zuhriddin Bekmuhammedov. – Shundan so‘ng oshqozonimda og‘riq sezdim. Shifokorlar ko‘rsatgan tibbiy yordam tufayli hozir ancha yaxshiman».

Samarqand shahar davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Pirmuhammad Mahmudovning ma’lum qilishicha, hozir fuqaro G‘ulom Murodovga tegishli, Sartepa massivi 148-uyda faoliyatini boshlaganiga 3 kun bo‘lgan savdo ob’ekti yopib qo‘yilgan. Unda tayyorlangan xot-dogdan namunalar olingan va laboratoriyada o‘rganilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan shahar DSENM tomonidan fuqaroga nisbatan ma’muriy chora ko‘rilgan, bayonnoma tuzilgan va Samarqand shahar prokuraturasiga xabar berilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda yigirmadan ortiq kishi xot-dogdan zaharlandi